Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

21 - sentabr, juma.

UMID KARIMOV – YILNING YOSH SIYOSATCHISI

So'nggi yangiliklar
Tipografiya

UMID KARIMOV – YILNING YOSH SIYOSATCHISI

Kitob tumanidagi Madaniyat va aholi dam olish maskanida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi “Istiqbol” yoshlar qanotining “Yosh siyosatchi-2018” ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichi o‘tkazildi. Unda tuman (shahar) bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 nafar qatnashchi 3 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Yoshlarning siyosiy, ijtimoiy faolligi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, O‘zbekiston XDPning Saylovoldi dasturi hamda Harakat dasturida belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etish, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu ko‘rik-tanlov o‘n yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadi.

Dastlabki shartda yosh siyosatchilar siyosiy hozirjavoblik qobiliyati, bugungikun islohotlariga munosabati, o‘z yashash hududini ijtimoiy-iqtisodiyrivojlantirishning aniq masalalari, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlarni jamoatchilik ishi, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ekologik muammolarni hal etish, chiqindilarni qayta ishlash va mavjud muammolarga yechim topish bo‘yicha o‘z qarashlarini videorolik va slaydlar yordamida namoyish etishdi. Keyingi shartda ishtirokchilarning mutolaaga bo‘lgan munosabati, o‘qigan asarlari bo‘yicha savol-javob tashkil etildi. Notiqlik shartida esa yosh siyosatchilar o‘zlarining bu boradagi imkoniyatlarni sinovdan o‘tkazishdi.

Ishtirokchilarning har bir chiqishi hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi va yakuniy natijalarga ko‘ra, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasi Umid Karimov birinchi o‘rinni egalladi. Yakkabog‘ qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Maftuna Norboboyeva esa ikkinchi, Koson tumanilik yakka tartibdagi tadbirkor Nazokat Boborajabova uchinchi o‘ringa sazovor bo‘lishdi.

Qizg‘in bahs-munozara tarzida o‘tgan ko‘rik-tanlovda ishtirokchi yoshlar turli nominatsiyalar bo‘yicha ham taqdirlandi.

Farrux XOLIQOV,

O‘zbekiston XDP viloyat kengashi Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish sektori mudiri