Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

21 - sentabr, juma.

BIZ – SOG‘LOM TURMUSH TARZI TARAFDORIMIZ!

So'nggi yangiliklar
Tipografiya

Tadbir

BIZ – SOG‘LOM TURMUSH TARZI TARAFDORIMIZ!

Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog‘ida 26 iyun - Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

Aholiga giyohvandlikning salbiy oqibatlarini yana bir bor eslatish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarda bu jirkanch illat haqida tasavvur uyg‘otish maqsadida tashkil etilgan tadbir “Biz - yoshlar sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostidagi yugurish marafoni bilan boshlandi.

Unda maktablar, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlarining talabalari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida uyushtirilgan turli ko‘rgazma va suhbatlarda ham yoshlar faol ishtirok etdi.

San’at ustalari tomonidan uyushtirilgan katta konsert dasturida esa Vatan, uning tinchligi, osuda osmoni tarannum etildi. Mehr-muhabbat, ezgulik kabi insoniy tuyg‘ular kuylandi.

Ayniqsa, yoshlardan iborat badiiy jamoalar chiqishlarida giyohvandlikning jirkanch qiyofasi sahna ko‘rinishlari yordamida mahorat bilan ko‘rsatib berildi.

Tadbirning faol ishtirokchilari diplom va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Shohista BOZOROVA

Suratlarda: tadbirdan lavhalar.

 

Sobir NARZIYEV olgan suratlar.