Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

21 - sentabr, juma.

TUTQUN JAYRONLAR TABIAT BAG‘RIGA QAYTARILDI

So'nggi yangiliklar
Tipografiya

TUTQUN JAYRONLAR TABIAT BAG‘RIGA QAYTARILDI

Bir paytlar Markaziy va G‘arbiy Osiyoda keng tarqalgan, cho‘l va yarim cho‘llarda, o‘rmon va dashtlarda, tekislik va tog‘larda to‘da-to‘da bo‘lib yashagan jayronlar bugun juda kamayib ketgan. Insonlar tomonidan ayovsiz ovlanishi, ekologik inqirozlar ularga tur sifatida butunlay yo‘q bo‘lib ketish xavfini solmoqda. Hozir butun dunyoda jayronlar soni juda kam qolgan. Mamlakatimizda esa bu raqam taxminan 4 mingtani tashkil etadi.Shu bois jayronlar “Qizil kitob”ga kiritilib, muhofazaga olingan.

Mamlakatimizda jayronlar qo‘riqxonalarda, alohida muhofazalangan hududlarda ko‘paytirilmoqda. Ularni noqonuniy ravishda ovlash, saqlash qonun bilan taqiqlanadi. Shunga qaramay, bu beozor jonivorlar hayotiga tahdid tug‘dirayotgan insonlar ham uchrab turibdi.

Yaqinda Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyasiga Mirishkor tumani Yangiariq qishlog‘ida yashovchi fuqaro Panji Qarshiyev xonadonida 2 bosh jayron saqlanayotgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi. Ushbu ma’lumot yuzasidan Mirishkor tumani IIB xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tezkor tadbirda haqiqatan ham Panji Qarshiyev hech qanday ruxsat etuvchi hujjatlarsiz yashash uyida 2 bosh jayronni saqlab kelayotgani o‘z isbotini topdi.

Jayronlar tegishli tartibda hujjatlashtirib olinib, Buxoro viloyatidagi “Jayron” ixtisoslashtirilgan pitomnigiga topshirildi.

Hozirda fuqaro Panji Qarshiyevga nisbatan amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda surishtiruv, tergov ishlari olib borilmoqda.

Aziz QURBONOV,

Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilishhududiy inspeksiyasi viloyat bo‘yicha tezkor guruh rahbari