Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

22 - iyul, yakshanba.

KAM TA’MINLANGAN OILALARGA GAZ PLITALARI BЕRILDI

So'nggi yangiliklar
Tipografiya

Ijtimoiy himoya

KAM TA’MINLANGAN OILALARGA GAZ PLITALARI BЕRILDI

G‘uzor tumanidagi kam ta’minlangan oilalarga 70 ta zamonaviy gaz plitasi va yana shuncha gaz ballonlari topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-sentyabrdagi “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan ulashilayotgan ushbu maishiy texnika buyumlari oilaning nafaqat kundalik ehtiyoji, balki ro‘zg‘or obodligini ta’minlashda ham muhim. Zero, zamonaviy gaz plitasida turli pishiriqlar tayyorlash uddasidan chiqilsa, bu faoliyatni muntazam yo‘lga qo‘yib, mahsulotni sotish mumkin. Shu bois, ushbu oilalarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini ham shakllantirib borishga ko‘maklashiladigan bo‘ldi.

Jahongir BOYMURODOV

Suratda: tadbirdan lavha.

Sobir NARZIYEV olgan surat.