Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

23 - yanvar, seshanba.
As soon as you open an account Bet365 will send you a 10 digit Offer Code via email. Receive Your £200 bet365 Welcome Promo Bonus plus £50 Mobile Promo

437 BO‘SH ISH O‘RNI TAKLIF ETILDI, 32 TA YO‘LLANMA BERILDI

Iqtisodiyot
Tipografiya

Mehnat yarmarkasi

437 BO‘SH ISH O‘RNI TAKLIF ETILDI, 32 TA YO‘LLANMA BERILDI

Qarshi tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi hududida aholining ish bilan band bo‘lmagan toifalari bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyalashga qaratilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada tuman hududidagi 47 korxona va tashkilot 437 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Unda tumandagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, xotin-qizlar, jazodan ozod qilinib, hozirgi kunda vaqtincha ishsiz bo‘lganlar hamda muddatli harbiy xizmatni o‘tab, rezervga bo‘shatilgan fuqarolar qatnashdi. Shu kuni yarmarkada ishtirok etgan fuqarolarning 32 nafariga ishga joylashishlari uchun yo‘llanmalar berildi.

Tadbir davomida, shuningdek, tadbirkorlik yo‘nalishi bo‘yicha o‘z biznesini ochmoqchi bo‘lganlar uchun tumandagi tijorat banklari xodimlari tomonidan tegishli yo‘l-yo‘riq va maslahatlar berildi. Bundan tashqari, yarmarka qatnashchilari hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va tashkilot rahbarlariga Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi jamoat ishlari jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori, viloyat hokimi hamda tuman hokimining mazkur qaror ijrosi yuzasidan qabul qilgan qarorlariga muvofiq tashkil etilayotgan haq to‘lanadigan jamoat ishlari bo‘yicha tushunchalar berildi.

Tadbirda viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev ishtirok etdi.

K.TOSHMURODOV