Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

25 - aprel, chorshanba.

TADBIRKORLIK – BOYLIK. FAOLLIK – DAVR TALABI. INNOVATSIYA - ISTIQBOL.

Iqtisodiyot
Tipografiya

Munosabat

TADBIRKORLIK – BOYLIK.

FAOLLIK – DAVR TALABI.

INNOVATSIYA - ISTIQBOL.

Davlatimiz rahbarining biror chiqishi yo‘qki, yurtdoshlarimiz e’tiboridan chetda qolayotgan bo‘lsa. Bugun hammamiz xoh u xalqaro miqyosda, xoh mamlakat doirasida bo‘lsin, bunday nutq yoki ma’ruzalarni sergak tortib tinglaymiz, unda aytilayotgan har bir jumlaning mag‘zini chaqishga urinamiz, desam adashmayman. Chunki Prezidentimiz barcha chiqishlarida jon koyitib, dunyo tinchligi, aholimiz hayotiga, taqdiriga aloqador muhim  masalalarga to‘xtalayapti, muammolarni ro‘y-rost ta’kidlab, ularga aniq yechimlar ham ko‘rsatmoqda.

Yangi yil munosabati bilan Yurtboshimizning xalqimizga yo‘llagan tabrigini ham bevosita televizor orqali butun oilamiz bilan eshitdik, davlatimiz rahbarining samimiy dil izhoridan juda ta’sirlandik. Prezident o‘tgan 2017-yil mamlakatimiz uchun qiyin, shu bilan birga, har tomonlama omadli va barakali kelganini, barcha sohalarda sezilarli yutuqlarga erishilganini qayd etdi. Ushbu ijobiy o‘zgarishlarni o‘zining kundalik turmushida, kasbi-korida his etmagan, ulardan chin ma’noda bahramand bo‘lmagan kishi bo‘lmasa kerak. Asosiysi, xalqimiz va davlatimiz o‘rtasida mustahkam ko‘prik o‘rnatildi, samarali muloqot tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Birgina korxonamiz faoliyatidan misol keltirsak, mazkur yilda o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarni ro‘yobga chiqara oldik. Yangi yo‘nalishlarni ochdik, mavjudlarida sifat o‘zgarishlari yasadik. Natijada ishlab chiqarish mahsuldorligi oshdi, daromadimiz salmog‘i ortdi. 2018-yilda ham aniq rejalar tuzdik, ularni hech bir og‘ishmay amalga oshiramiz.

Modomiki, buning uchun barcha asos, shart-sharoit yetarli. Yangi yilga Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili deb nom berilgani ham shuni ifodalab turibdi.

Shu o‘rinda Yurtboshimiz har gal biznes vakillariga nisbat berib aytadigan e’tirofni eslamay ilojimiz yo‘q: tadbirkor nafaqat o‘zini, balki davlatni, xalqni ham boqadi. Ya’nikim Prezident bizga farovon jamiyat bunyodkori sifatida qarayapti. Bayram tabrigida ham buyuk kelajagimizni barpo etishda Yangi yil nomidan kelib chiqadigan yuksak maqsad va g‘oyalarga tayanilishiga alohida urg‘u berilgani buning yana bir isbotidir.

Davlatimiz rahbari hozirgi keskin va raqobat kuchaygan bir sharoitda innovatsiya va yuqori texnologiyalarga asoslangan tadbirkorlikni rivojlantirish eng to‘g‘ri va samarali yo‘l ekanini yana bir bor uqtirdi. Demak, biz tadbirkorlarga yuksak ishonch bildirilayapti. Yurt ravnaqiga befarq bo‘lmagan ishbilarmon buni zimmasiga yuklatilgan ulkan mas’uliyat deb bilishi, faollik namoyon etishi, o‘zini ko‘rsatishi kerak.

Zero, bu ishlar xalqimiz farovonligi yanada yuksalishi, aholi daromadlari oshishi, barcha sohada sifat jihatidan tub o‘zgarishlar qilinishiga qaratilgan.

Sanjar QUDRATOV,

Qarshi shahridagi “Istiqlol yuksalish taraqqiyot” oilaviy korxonasi rahbari