Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

22 - iyul, yakshanba.

TALABGIR MUZQAYMOQ ISHLABCHIQARILMOQDA

Iqtisodiyot
Tipografiya

Kichik biznes

TALABGIR MUZQAYMOQ ISHLAB CHIQARILMOQDA

Ayni issiq kunlarda chanqovbosdi yegulik – muzqaymoq savdosi avjida. Hozir aholining ushbu mahsulotga bo‘lgan talabi nihoyatda oshgan. Viloyatimizda esa bu ehtiyojni samarali qondirish uchun barcha imkoniyat mavjud. Chunki hududda mazkur xaridorgir iste’mol tovarini ishlab chiqarish hajmi sezilarli ko‘paygan. Bu yo‘nalishda bir qancha sanoat korxonalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Ular vohamiz ahlini turli o‘lcham va qadoqdagi muzqaymoq bilan to‘liq ta’minlab qolmasdan, qo‘shni viloyatlarga ham mahsulot yetkazib berishning chorasini ko‘rayapti.

Xususan, Qarshi shahridagi “Davr ziynati” xususiy korxonasining “Qarshi quality” yorlig‘i tushirilgan muzqaymoqlari bugungi kundaviloyatimizdan tashqari Buxoro, Surxondaryo, Samarqand hududi, Toshkent shahri va vodiy mintaqasidagi savdo shoxobchalariga ham tarqatilmoqda. Korxona mutasaddilari endilikda xorijga mahsulot chiqarish haqida jiddiy o‘ylashmoqda.

- Muzqaymoqlarimiz chet elda ham o‘z xaridorini topishiga shubha qilmaymiz, - deydi korxona rahbari O‘ktam Ochilov. – Negaki ishlab chiqarish jarayonini zamonaviy texnologiyalar asosida yo‘lga qo‘yganmiz. Shu orqali bemalol mahsulotimiz raqobatbardoshligini ta’minlay olamiz.

Tadbirkorning aytishicha, muzqaymoqlar mavsumi mart oyidan boshlangan. Fursat sayin ishlab chiqarish mahsuldorligi tobora ortmoqda. Ayni damda korxona sexida kuniga 2-3 tonnagacha sut qayta ishlanib, 10 mingdan 20 ming donagacha mahsulot tayyorlanmoqda.

Mirzohid JO‘RAYEV

Sobir NARZIYEV olgan suratlar.