Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

23 - yanvar, seshanba.
As soon as you open an account Bet365 will send you a 10 digit Offer Code via email. Receive Your £200 bet365 Welcome Promo Bonus plus £50 Mobile Promo

GO‘SHT NARXI - 20 MING SO‘M

Jamiyat
Tipografiya

G‘alati tush

GO‘SHT NARXI - 20 MING SO‘M

Ko‘pchilikning og‘zida shu gap: go‘sht arzon bo‘ldi. Odamlarning chehrasi yorishdi. Sotuv hamma joyda bir xil narx asosida – 20 ming so‘mdan amalga oshirilayapti. Bundan hayron bo‘lganlar ham topildi. Rostdan ham, birdaniga narx  tushishi aholini esankiratib qo‘ydi. Nima bo‘lsa ham yaxshilikka bo‘ldi. Bu narx barcha uchun qulay. Kosasi haftalab go‘sht ko‘rmagan oilalar ham endi uni sotib olishni bemalol o‘ziga ep ko‘rayapi. Shu boismi, go‘sht rastalari gavjum.

Bundan faqatgina quvonish mumkin. Jurnalist emasmizmi, shu yerda ham qiziqqonligimiz tutdi. Savollar qiynay boshladi: nega go‘sht to‘satdan arzon bo‘ldi? Bu nimaga bog‘liq? Aniqlik kiritish maqsadida aholini go‘sht bilan ta’minlashda ishtirok etuvchi shaxslarga murojaat qildik.

Ma’lumki, viloyatimizda boqiladigan chorvaning asosiy qismi aholi hissasiga to‘g‘ri keladi. Mazkur faoliyatdan ilk daromadni ham ular ko‘radi. Shu ish bilan ko‘pdan beri shug‘ullanadigan Ahmad akani gapga tutdim.

- Mol go‘shtining narxi pasayibdi, siz bunga nima deysiz? – deya so‘radim undan.

- Endi nima desam ekan? Shu-u, xarajat qurg‘ur kamaydi-da. Agar ilgari bitta molga 100 so‘m rasxod qilgan bo‘lsak, hozir bu bizga 50 so‘mga tushayapti. YA’ni xarajatimiz teng yarmiga qisqardi. Nimaning hisobidan deysizmi? O‘zingiz ham bilasiz, bir tovuqqa ham don kerak, ham suv, degan gap bor. Mol ham tirik jon. Bersang, yeyman deydi. Maqsad semirtirish bo‘lgach, qarovni ham yaxshi qilmasak bo‘lmaydi. Yemni zo‘r berish kerak. Shu yem deganimiz ancha vaqt burun juda qimmat sotilayotgandi. O‘shanda molni arzonga berish bizga ham qoplamasdi. Qarangki, he yo‘q, be yo‘q, sheluxa bilan shrotning narxi tushib turibdi. Xullas, yem arzon bo‘ldi. Shunga biz ham molga insof sari narx qo‘yayapmiz. Boshqa sabab yo‘q, - deb javob qaytardi Ahmad aka.

Javobni olishga oldigu baribir ko‘nglimiz to‘lmadi. Nima jin urib, yem bahosi pastlagan bo‘lsa?! Bu ham jurnalistga qiziq-da. Shunday ekan, mazkur mahsulot savdosiga mas’ul tashkilot mutasaddisidan izoh olmay ilojimiz yo‘q. Keyingi yo‘limiz o‘sha tomon qadaldi.

- Falonchi Falonchiyevich, eshitishimizcha, hozirda shrot, sheluxa, omixta yem kabi chorva ozuqasi aholiga arzon narxlarda sotilayotgan ekan. Demak, oldin qimmat bo‘lgan. Shu masalada nima deya olasiz? – deb undan so‘radik.

- To‘g‘risini aytganda, arzonlashdi desak, xato bo‘ladi. Chunki avval ham yem shu narxlarda sotilishi kerak edi. Gapimga hayron bo‘lmangu, bunga biz aybdormiz. Sababini hozir tushuntiraman. O‘sha yemni hamma ham sotish huquqiga ega emas. Viloyatimiz bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, bunday huquq faqat bizga berilgan. Shrot, sheluxani birjadan olamiz. To‘g‘ri angladingiz. Ularni siz har kuni televizorda ko‘radigan birja kotirovkalari bo‘yicha xarid qilamiz. Haqiqatan kotirovkalar juda past ko‘rsatilgan. Sheluxa, borsa, 500-600 so‘m. Aslida kepak ham ja qimmat emas, hali 1000 so‘mga chiqmadi. Endi biz bu narxga qo‘shsak, 15-20 foiz ustama qo‘yishimiz mumkin. Ishlab chiqaruvchi omboridan ham hech bir xarajatsiz, hech kimga yalinmay, hujjatda necha tonna bo‘lsa shuncha yuklab joylarga jo‘natilayapti. Hech kim, hech narsadan umid qilmaydi. Qonun talabi ham shu.

Jurnalist uka, siz aytishingiz mumkin, talab bor ekan, nega unga ilgari amal qilinmagan, deb. Bu e’tirozingiz ham o‘rinli. Bilsangiz, biz yemni aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotmaymiz, joylardagi shoxobchalarimizga tarqatamiz. O‘sha yerdan olishadi. Biz sotuvchilarga qat’iy narx bo‘yicha sotishni tayinlaganmiz, uqtirganmiz. Ammo shu desangiz, nafsi olg‘irlik qilibmi, ular yem bahosi ustiga 2-3 barobar narx qo‘yibdi. Biz buning xabarini olgan hamonoq chorasini ko‘rdik. Ayni paytda belgilangan qiymatda sotilishini jiddiy nazoratga oldik. Bu ish berdi. Aholi istasa, shoxobchamizdan yemni ham naqd pulga, ham plastik kartochka orqali xarid qilishi mumkin. Bu ham yengillik-da. Mana, go‘sht narxi oshganiga nima sabab bo‘lgan, - deya iddao qildi mutasaddi.

Biz ham uning bu iddaosini rad etishga jur’at topa olmadik. Qaytanga, yem savdosi tartibga kelganiga xursand bo‘ldik. Mutasaddining oldidan chiqib, go‘sht rastasiga oshiqdim. O‘qraygancha pichog‘ini qayrayotgan qassob qayeridan tortay deb tursa deng.

- Ha bu, go‘shtni necha puldan sotayapsiz? - deb so‘rayman, o‘zimni bilmaganga olib.

- Eshitmadingizmi, narxi 20 ming so‘mga tushdi-ku.

- Tunov kun sizdan go‘shtni 30 ming so‘mga olgandim. Qaydan quyosh chiqib, buncha past ketdingiz?

- Namuncha, bizda ham insof bor. Kilosiga ja-a borsa, ming-ikki ming qo‘yayapmiz. Ilgari sal ko‘proq edi. Endi shu foyda ham bizga yetadi. Boz ustiga, charvi yog‘i, kalla-pocha, teri foydaga qolayotgan bo‘lsa.

Bu gapni eshitgach, menda savolga o‘rin qolmadi. Aksincha, quvonganimdan: “Aka, shu gapingiz chin bo‘lsa, 4 kilo go‘sht torting”, deganimni bilmay qolibman. Harna, ilgari shu pulimga 2 kilodan ziyod et olardim. Uyga borib bir ziyofat qilay.

Ha aytgancha, Yangi yil bayramiga ham oz qoldi. Tanish-bilish, qarindosh-urug‘ boramiz, degan. Tayyor turish kerak. Avvaldan ul-bul olib qo‘ymasam bo‘lmaydi. Qolgan xarajatlarni bilmadimu, biroq qancha go‘sht olarkanman, degan xavotirim endi yo‘q.

Afsus, hozircha bu tush o‘ng keladiganga o‘xshamayapti?!

MIRJAHON