Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

23 - yanvar, seshanba.
As soon as you open an account Bet365 will send you a 10 digit Offer Code via email. Receive Your £200 bet365 Welcome Promo Bonus plus £50 Mobile Promo

FOLBINNING QO‘LIDAN MANSABGA KO‘TARISH KELSA

Jamiyat
Tipografiya

Din va hayot

FOLBINNING QO‘LIDAN MANSABGA KO‘TARISH KELSA

nega o‘sha o‘ringa o‘zi chiqib olmaydi, o‘g‘il-qizi yo boshqa qarindoshini shu yerga joylashtirib qo‘yolmaydi?

Oramizda turli folbin, duoxon deb atalmish kimsalarga ishonuvchilar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Vaholanki dinimizda folbinlarga ishonishdan qattiq qaytarilgan va buni shirkka tenglashtirilgan. Chunki folbin g‘aybni bilishini da’vo qiladi, folbinga borgan esa bunga ishonadi va oqibatda ikkisi ham og‘ir gunohkor bo‘ladi.

Qolaversa, jodugarni ham, folbinlarni ham faqat iblis boshqaradi. Mustahkam va ravshan e’tiqod bo‘lmagandan keyin turli bid’at, xurofot, afsona, safsatalarga ham ishonib ketaverish kuzatiladi. Oqibatda bitmas-tuganmas musibatlarga duchor bo‘linadi.

Asosan xastaliklar og‘ir ko‘tarish, zax-nam joylarda ko‘p o‘tirish va g‘am-qayg‘u kabi omillar sababli kelib chiqadi. Ular tibbiy yo‘l bilan muolaja qilinadi. Shu bilan birga, ba’zi hollarda xastalik sababi sehr bo‘lishi ham mumkin. Bunday holatda bemorni davolash uchun Qur’oni karim hamda sunnati Nabaviydan rivoyat qilingan duolarga murojaat etiladi.

Ba’zi insonlar esa dunyodagi barcha muammolarni folbin yoki duoxonlar hal qiladi, deb o‘ylaydi. Bo‘yi yetgan qiziga sovchi kelmayotgan onalar ham, kechasi uyqusida cho‘chib ketadiganlar ham, boshqa turli dardlarga chalinganlar, ishi yurishmay qolgan tijoratchilar, biror narsasini yo‘qotib qo‘yganlar, tuzukroq mansabni mo‘ljallagan amaldor, qo‘li kelmay qolgan qimorboz ham, xullas, ko‘pchilik folbin hamda turli duoxonlardan najot kutadi.

Qiziga sovchi chiqmay folbinga kelgan ona o‘sha folbin yoki duoxonning o‘zi beva ekani, oilasi buzilgan yoki yaqin kishilarida xuddi shu muammo borligini bilmaydi. Tuzukroq mansab ilinjida yurgan amaldor, bu odamning qo‘lidan mansabga ko‘tarish kelsa, o‘rnimga o‘zi chiqib olmasmidi yoki o‘g‘lini, qarindoshini ko‘tarib qo‘ymasmidi, deb o‘ylab ko‘rmaydi.

Folbin, duoxon va boshqalar esa kelganlarning hammasini qabul qilib, ularning boshini aylantirishda davom etaveradilar. Ularning ko‘plari jin urgan shaxslar bo‘lib, o‘zlaridan insonlarga, jamiyatga, el-yurtga tegayotgan zararni anglab yetmaydilar. Haqiqatan ham jin tekkani uchun ularda ba’zi narsalar paydo bo‘lishi mumkin. Lekin bu – kasb qilib olinib, odamlarning boshini aylantirishga huquq beradigan fazilat emas, balki davolashga muhtoj darddir.

Alloh taolo o‘zi yaratgan barcha mavjudot va maxluqotning holatini, g‘aybiy narsalarini yolg‘iz o‘zi biladi. Kelajak ham, insonlarning taqdiri ham faqat unga ayon. Bu haqda Qur’oni karimda bunday marhamat etiladi: “G‘ayb (yashirin sirlar) kalitlari Uning huzuridadir. Ularni Undan o‘zga bilmas. Yana, quruqlik va dengizdagi narsalarni (ham) bilur. Biror yaproq (uzilib) tushsa (ham) uni bilur. Yer zulmatlari (qa’ri)dagi urug‘ bo‘lmasin, ho‘lu quruq bo‘lmasin, (hammasi) aniq Kitob (Lavhul-Mahfuz)da (yozilgan)dir” (“An’om” surasi, 59-oyat).

Rivoyatlarda kelishicha, jin va shaytonlar osmondan farishtalarning so‘zlarini o‘g‘irlab, keyin bu xabarlarni Yerdagi insonlarning shaytonlariga, ya’ni turli usullar bilan fol ochib, g‘aybni bilishni da’vo qiluvchi folbinlar, shayton va jinlar bilan aloqaga kirishib, xabarlarni uzoq-yuluq holda yetkazar ekan.

Insonlar va jinlarning g‘ayb ilmini, sirlarni bilish haqidagi da’volari yolg‘ondan boshqa narsa emas. Islom shariati bunday nomaqbul, harom ishlardan musulmonlarni qat’iy qaytaradi. Alloh taolo bunday marhamat etadi: “...Yana, but-sanamlarga atab so‘yilgan hayvonlar (go‘shti) va fol cho‘plaridan qismatingizni istashingiz (ham harom qilindi)...” (“Moida” surasi, 3-oyat).

Alloh taolo marhamat qiladi: “Ey, imon keltirganlar! Albatta, may (mast qiluvchi ichimliklar), qimor, but-sanamlar va (fol ochadigan) cho‘plar shaytonning ishidan iborat ifloslikdirki, undan chetlaningiz! Shoyad (shunda) najot topsangiz” (“Moida” surasi, 90-oyat).

Alloh bandalarini g‘aybiy narsalarni bilaman deb da’vo qiluvchi folbin, kohinlar fitnasiga uchmaslikka chaqirish bilan birga, bu kabi odamlarning shaytonlariga oxiratda alamli azoblar tayyorlab qo‘ygani xabarini beradi: “Parvardigorlariga kofir bo‘lgan kimsalar uchun jahannam azobi bordir. Naqadar yomon oqibat bu!” (“Mulk” surasi, 5-6-oyatlar).

Hazrati payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Kimki bir folbin huzuriga borib biror narsa haqida so‘rasa, keyin folbin bergan javobga ishonsa, o‘sha kishining qirq kun o‘qigan namozi qabul bo‘lmaydi”.

Oisha roziyallohu anho aytdilar: “Odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan folbinlar haqida so‘rashdi. U zot roziyallohu anhu: “Ular haq emaslar”, dedilar. Ular: “Yo Rasululloh, ular gohida shunday gaplarni aytadilarki, u haq bo‘lib chiqadi”, deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday javob berdilar: “Bu haq kalimani jin o‘g‘irlab (o‘g‘rincha bilib) oladi-da, uni do‘sti (folbin)ning qulog‘iga quyadi. Folbinlar esa unga yuzta yolg‘onni aralashtirib yuboradilar”.

Sehr, ya’ni ko‘zbo‘yamachilik, “issiq-sovuq” qilishlar ham harom va katta gunohdir. Sehr qilgani uchun olinadigan haq ham, shariatda taqiqlangan ishni qilgani uchun, harom.

Abu Muso (roziyallohu anhu) aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Uch toifa odam jannatga kirmaydi: “Mast qiluvchi narsaga odatlanib qolgan kimsa, qarindosh-urug‘lar bilan aloqani uzgan kimsa va sehrni tasdiqlovchi kimsa”.

Ulamolardan Ibn Qudoma: “Sehrni o‘rganish va o‘rgatish haromdir. Ilm ahli o‘rtasida bu masalada xilof yo‘q”, deb ta’kidlagan. Chunki aynan sehr va folbinlik kabi illatlar tufayli odamlar orasida fitna paydo bo‘lib, aka-uka, opa-singil, qo‘ni-qo‘shni, ovsinlar o‘rtasiga shubha-gumon aralashib, oqibatda qarindosh-urug‘, qo‘shnichilik rishtalariga putur yetmoqda.

Shuni yaxshi bilib olish lozimki, Allohga sig‘inmagan banda baribir nimagadir, kimgadir sig‘inadi. Allohning taqdiridan rozi bo‘lmagan banda kimningdir so‘zlaridan rozi bo‘ladi va ana shu so‘zlarga ishonadi. Shuning uchun ham, Sarvari koinot (s.a.v.) folbinning so‘zini tasdiqlagan kishini dindan chiqadi, deganlar. Shu birgina amal ila inson kofir bo‘lishi mumkin.

Folbin va duoxonlar sababli vujudga kelayotgan noqulayliklar juda ko‘p. Xususan, ularning taxminiy ma’lumotlariga ishonish natijasida er-xotinlar bir-biridan shubhalanib, oilaviy ajrimlar kelib chiqayapti. Folbinlar aka-uka, quda-andalar, qo‘ni-qo‘shnilar hamda hamkasblar orasiga sovuqchilik tushiradigan, ularning bir-biridan yuzko‘rmas bo‘lishiga olib keladigan turli yolg‘onlarni, shubhayu gumonlarni aytishmoqda.

Folbinga ishonib, kasalni o‘tkazib yuborganlar haqida ham tez-tez eshitamiz. Shifo talab bo‘lib folbin va duoxonlarga borgan bemorlarning ularning ko‘rsatmasi bilan mozorlarga atab qo‘y, echki yoki tovuq so‘yishga o‘xshash noshar’iy, gunoh ishlarga ruju’ qo‘yish holatlari ko‘paygan.

Qolaversa, folbinlar “sen sehrlangan-san”, “seni kimdir o‘qiyapti va sehrlab qo‘yyapti”, “yaqin vaqtda senga falon-falon ko‘ngilsizliklar yetadi” degan yolg‘on so‘zlar bilan ba’zi ko‘ngilchan insonlar ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Uyingdan duo va sehrlarni tozalayman, degan buzuq da’volar hamda tovlamachilik yo‘li bilan ba’zi ishonuvchan insonlarning katta miqdordagi moddiy boyliklarini egallab olish holatlari ham mavjud.

Folbin va sehrgarlarga qatnash natijasida ko‘plab foydali ishlarni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan insonlar o‘zlarining oltindan qimmat vaqtini folbinu duoxonlarning eshigiga behuda qatnash bilan o‘tkazmoqdalar.

Bu zarar jiddiy ijtimoiy ziddiyatlarga olib boradi. Buning eng kichigi – odamlar o‘rtasida dushmanlik ruhi, ishonchsizlik tarqatishdir. Masalan, bir inson folbinga boshi og‘riyotgani uchun murojaat qildi. Albatta, folbin uni tibbiy muolajaga  buyurmaydi. U o‘zining sodda mijoziga: “To‘g‘ri, men ham sizni uzoqdan ko‘rib, shu odamning boshi og‘riyotgan bo‘lsa kerak, deb o‘ylagan edim. Buni o‘zingiz tasdiqlab turibsiz. Endi biz bir ojiz odammiz, hamma narsa yaratganning o‘zidan bo‘ladi, keling, bir ko‘rib qo‘yay-chi”, deydi-da, o‘ziga xos xatti-harakatlar qilgach: “Sizga ilmu amal qilishibdi. YO qarindoshlaringiz ichida, yo mahallangizda, yo bo‘lmasa ish joyingizda sizga nisbatan yomon niyatli kishilar borga o‘xshaydi. Tuproqqa dam solib sochgan bo‘lishlari ham mumkin”, deydi. Shundan keyin boshi og‘riyotgan kishi hammadan shubhalanib, dushman axtara boshlaydi. O‘zicha chora-tadbirlar ko‘radi. Natijada jamiyatda o‘zaro dushmanlik va ishonchsizlik ortib boradi.

Folbinlik, sehrgarlik va munajjimlik bir-biriga yaqin narsalar bo‘lgani uchun hadisi shariflarda ham ular birgalikda zikr etiladi. Deyarli har bir hadisda bunday insonlar va jamiyatga nisbatan o‘ta zararli bu ma’naviy jinoyatlar katta gunoh, kufr va shirk ekanligi qayta-qayta ta’kidlanadi.

Folbinga borish Allohning g‘azabini keltiruvchi amaldir. Alloh taoloning ne’matiga uni rozi qiladigan amallar bilan erishiladi. Shu sabab fol, sehr degan illatlardan yiroqda bo‘laylik, azizlar!

Rahmatillo USMONOV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyatdagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi