Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

23 - yanvar, seshanba.
As soon as you open an account Bet365 will send you a 10 digit Offer Code via email. Receive Your £200 bet365 Welcome Promo Bonus plus £50 Mobile Promo

SAMARALI FAOLIYAT UCHUN QULAY SHAROIT

Jamiyat
Tipografiya

Islohot qirralari

SAMARALI FAOLIYAT UCHUN QULAY SHAROIT

Yurtimizda osoyishtalikni, tinchlik-xotirjamlikni ta’minlashda ichki ishlar organlari xodimlari, ayniqsa, profilaktika inspektorlarining xizmati katta. Shunga muvofiq Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbus va tavsiyalari asosida profilaktika inspektorlarining kasb mahorati, bilim va saviyasini oshirishga, ularning samarali ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, bugungi kunda viloyatdagi 726 ta o‘zini o‘zi boshqarish organlarida xizmat qilayotgan 616 nafar profilaktika inspektorining har biriga o‘zi xizmat qilayotgan mahalladan xizmat uylari qurish, shuningdek, ularga imtiyozli kreditlar asosida avtomashinalar berish ishlari bos-qichma-bosqich amalga oshirilayotir.

Qarshi shahridagi "Geolog" sport-sog‘lomlashtirish majmuasida viloyat ichki ishlar boshqarmasi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining tantanali qasamyod qabul qilish marosimida ham 308 nafar profilaktika inspektoriga xizmat uylari va imtiyozli kredit asosida xarid qilingan yangi avtomashinalarning kalitlari tantanali topshirildi.

Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, turli idora va vazirliklar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, yoshlar, profilaktika inspektorlarining oila a’zolari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar xalq bilan muloqot qilish, oilalarga yaqindan kirib borib, muammolarni o‘z vaqtida, erta aniqlash va joyida hal qilish profilaktika inspektorlaridan katta mas’uliyat talab qilishi, xizmat uyi va avtomashina faoliyatda qulaylik va samara yaratishini ta’kidlashdi.

- Qarshi shahridan 40 kilometr yo‘l bosib, Kasbiga qatnab ishlardim, - deydi Talishbe mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika inspektori Ikrom Yusupov. - Endi mahallaning o‘zida xizmat uyi bor, oilam bilan shu yerda yashaymiz. Qatnab ko‘p vaqt yo‘qotmayman. Mahalla osoyishtaligini saqlash, odamlar ko‘ngli to‘q,  xotirjam holda uxlab, tong ottirishi uchun barcha ishni qilaman.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshev, Ichki ishlar vaziri P.Bobojonov, viloyat hokimi Z.Ro‘ziyev ishtirok etdi.

N.XO‘JAYEV

* * *

Suratlarda: tadbirdan lavhalar.

Sobir NARZIYEV olgan suratlar.