Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

23 - yanvar, seshanba.
As soon as you open an account Bet365 will send you a 10 digit Offer Code via email. Receive Your £200 bet365 Welcome Promo Bonus plus £50 Mobile Promo

BOLA SHODLIGI-LA MUNAVVAR OLAM

Jamiyat
Tipografiya

“Prezident archasi”

BOLA SHODLIGI-LA MUNAVVAR OLAM

Tuman markazlarida, Qarshi shahridagi Mustaqillik maydoni, Navro‘z xiyoboni, bolalar madaniyat va istirohat bog‘ida bir necha kundan buyon teatrlashgan tomoshalar, konsert dasturlari namoyish etilmoqda. Sevimli ertak va multfilm qahramonlari, Qorbobo va Qorqiz ishtirokida ulkan archa atrofida ijro etilayotgan qo‘shiq va raqslar, qiziqarli tomoshalar barchani ertaklar dunyosiga yetaklaydi. Bolalar dilida, yuz-ko‘zida quvonch, shodlik mujassam bo‘lsa, ularga mamnun boqqan yoshi kattalar tilida tinch-osoyishta, farovon kunlarga shukrona aks etgan.

Bolajonlarning eng sevimli bayramlaridan biriga aylanib ulgurgan, yurtimizda yosh avlodga bo‘lgan g‘amxo‘rlik va e’tiborning yorqin ifodasi bo‘lgan “Prezident archasi” tantanalari viloyatimizda musiqali drama teatrida tashkil etildi. Tadbirga 600 nafarga yaqin Mehribonlik va Muruvvat uylari, bolalar maktab-internatlari tarbiyalanuvchilari, Vatan sarhadlarini himoya qilib, yurtimiz ozodligi va tinchligi yo‘lida qurbon bo‘lgan huquq-tartibot idoralari xodimlarining farzandlari va boshqa bolalar taklif etildi.

Tadbirni viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev tabrik so‘zi bilan ochib, bolajonlarni yaxshi o‘qishga, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qiladigan munosib farzandlar bo‘lishga chorladi. Shundan so‘ng bolajonlarga Prezident sovg‘alari ulashildi. Ma’lumki, bu yil 11 ming dona Prezident sovg‘asi tayyorlandi. Har bir sovg‘ada 12 nomdagi o‘quv qurollari, 15 xil shirinliklar bor.

“Bilimlar mamlakatida Yangi yil” deb nomlangan teatrlashgan konsert dasturi orqali bilim olish, har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetish g‘oyasi ilgari surildi.

- Ko‘p kitoblar o‘qiyman, a’lochi bo‘lishga harakat qilaman, - deydi Kitob tumanidagi 5-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Shahzoda Namozova. – Shunda o‘zim ko‘zlagan maqsadga erishaman. Prezidentimiz bizga ishonadi. Har yili sovg‘alar yuboradi. Hamma bolalar bunga loyiq bo‘lishimiz kerak.

Bolajonlarga cheksiz quvonch va zavq bag‘ishlayotgan “Prezident archasi” tadbirlari viloyatning barcha tuman va shaharlarida tashkil etildi.

N.XO‘JAYEV

Suratda: bayram tadbiridan lavha.

Sobir NARZIYEV olgan surat.