Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

23 - yanvar, seshanba.
As soon as you open an account Bet365 will send you a 10 digit Offer Code via email. Receive Your £200 bet365 Welcome Promo Bonus plus £50 Mobile Promo

VILOYAT O‘LKANI O‘RGANISH MUZEYI QAYTA TASHKIL ETILADI

Jamiyat
Tipografiya

Qaror va ijro

VILOYAT O‘LKANI O‘RGANISH MUZEYI  QAYTA TASHKIL ETILADI

Viloyat o‘lkani o‘rganish muzeyi Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi sifatida qayta tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2017-2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.

Qarorda ta’kidlanishicha, muzey qayta tashkil etilganidan so‘ng davlat byudjeti mablag‘lari asosida moliyalashtiriladi. Shu bilan bir qatorda, 2024-2025-yillar davomida muzey binosi investitsiya dasturi doirasida rekonstruksiya qilinishi belgilangan.

Ma’lumot o‘rnida keltirib o‘tamiz, viloyat o‘lkani o‘rganish muzeyi 1975-yilda Qarshi shahrida tashkil etilgan. U 1909-yilda qurilgan Xo‘ja Abdulaziz madrasasida 2007-yilga qadar faoliyat ko‘rsatib kelgan. Muzey 2007-yildan buyon maxsus qurilgan binoda faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Vazirlar Mahkamasining qaroridagi yana bir muhim jihat shundan iboratki, mutasaddi tashkilotlarga Surxondaryo, Navoiy, Farg‘ona viloyatlari hamda vohamizda muzey-qo‘riqxonalar tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlash vazifasi yuklatilgan. Qaror loyihasini kiritish muddati joriy yilning III choragi etib belgilangan.

J.BOYMURODOV