Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

21 - iyul, yakshanba.

SUYULTIRILGAN GAZ NARXI QACHON OSH(A)DI?

Jamiyat
Tipografiya

Qaror va ijro

SUYULTIRILGAN GAZ NARXI QACHON OSH(A)DI?

Joriy yilning 1-aprelidan e’tiboran barcha hududlar qatorida viloyatimiz aholisi uchun ham suyultirilgan gaz bahosi ko‘tariladi. Ushbu miqdor qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olgan holda 1 kilogramm suyultirilgan gaz uchun 500 so‘m etib belgilandi. Narxlar respublika hududlari kesimida turlicha berilgan. Misol uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati iste’molchilari mazkur resursni 720 so‘mdan xarid qiladi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-dekabrdagi “Aholiga kundalik hayotda iste’mol qilish uchun sotiladigan suyultirilgan gazning respublika bo‘yicha yagona chakana narxini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi. Ushbu hujjat Prezidentimizning 2017-yil 4-sentabrdagi “Valyuta bozorini liberallashtirish sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Hukumat qarorida keltirilishicha, 2018-yil 1-avgustdan qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olingan holda respublika hududlari kesimida aholiga suyultirilgan gazni sotishning yagona chakana narxi 800 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, 1 kilogramm suyultirilgan gazning chakana narxi respublika aholisiga sotiladigan tabiiy gaz bahosining o‘zgarishiga mutanosib ravishda o‘zgarib  borishi qayd etilgan.

Ta’kidlash joiz, ayni paytda viloyatimiz aholisiga maishiy gaz ballonlari orqali 1 kilogramm suyultirilgan gaz 327,60 so‘mdan yetkazib berilmoqda.

MIRJAHON