Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

23 - yanvar, seshanba.
As soon as you open an account Bet365 will send you a 10 digit Offer Code via email. Receive Your £200 bet365 Welcome Promo Bonus plus £50 Mobile Promo

KUTILMAGAN DIYDOR HAYAJONLI BO‘LDI

Jamiyat
Tipografiya

Tadbir

KUTILMAGAN DIYDOR HAYAJONLI BO‘LDI

Qarshi shahridagi muhtasham to‘yxonalardan birida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab “Askar onalarini sharaflaymiz” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi hamda boshqa qator tashkilotlar hamkorlikda tashkil etgan tadbirda harbiy xizmatni o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan Vatan himoyachilarining onalari, turmush o‘rtoqlari hamda hozirgi vaqtda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarning yaqinlari, harbiylar, jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar ishtirok etdi. 

Bir vaqtlar yurtimiz tinchligiga raxna solmoqchi bo‘lgan g‘alamis to‘dalarga qarshi harbiy operatsiyalarda qatnashib, Vatan himoyasi yo‘lida jon fido etgan hamda harbiy xizmatni o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning onalari, yaqinlari davraga taklif etilib, ularga ehtirom ko‘rsatildi, sovg‘a-salomlar ulashildi.

- O‘g‘lim Otabekjon Muhammadiyev yoshligidan Vatan posboni bo‘lishga intilardi, - deydi Kitob tumanilik Toshbibi Jo‘rayeva. – U bu orzusiga erishib, Vatan himoyachisi degan yuksak nomga sazovor bo‘ldi. 2000-yilda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yurtimiz hududiga bostirib kirmoqchi bo‘lgan g‘alamislar bilan bo‘lgan jangda mardonavor kurashib, halok bo‘ldi. O‘g‘lim hali yosh edi, orzu-umidlari oldinda edi. Ammo u o‘z hayotidagi eng buyuk ishni bajarib ketdi. Otabekjon, u kabi yigitlarning mardligi tufayli o‘sha g‘alamislar manfur niyatlariga yeta olmadi. Yurtimizning tinchligi saqlab qolindi. Buning uchun men o‘g‘limdan hamisha faxrlanaman. O‘g‘limning vafotidan so‘ng ham uni hech qachon unutmagan, har doim holimizdan xabar olib, bizga dalda bo‘lib kelayotgan hukumatimiz vakillari, barcha insonlarga mingdan ming rahmat aytaman.

Darhaqiqat, o‘tgan yillar davomida Vatan posbonlariga munosib shart-sharoit yaratib berish, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoyalash borasida tizimli ishlar amalga oshirildi. Natijada harbiy xizmatning maqomi yuksalib, fuqarolarning bu sohaga bo‘lgan qiziqishi yanada oshdi. Farzandi muddatli harbiy xizmatni o‘tashi ota-ona uchun ham, yaqinlari uchun ham faxr va iftixor manbayiga aylandi.

Tadbir davom etayotgan bir paytda zalga Jizzax viloyatida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan bir guruh qashqadaryolik yigitlarning qo‘lida gul ko‘tarib kirib kelishi askar onalari uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Bu uchrashuvdan qalbi sevinch va hayajonga to‘lib-toshgan onalar o‘z farzandlari tomon talpindi. Askarlarga tadbir tashkilotchilari tomonidan tashakkurnomalar, esdalik sovg‘alari topshirildi.

- Askar o‘g‘ilning onasiman, - deydi Koson tumani Darcha qishlog‘ilik Matluba Berdiyeva. – Farruhjon Nodirov uchinchi o‘g‘lim. Bugun o‘g‘lim bilan diydorlashish xayolimda ham yo‘q edi. Unga harbiy libos juda yarashibdi. Buni ko‘rib, sevinch yoshlarimni tiya olmadim. Shu lahzalarda o‘g‘limning Vatan himoyachisi ekanidan ich-ichimdan quvondim. Biz, onalarga ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun davlatimizdan, Prezidentimizdan minnatdorman.

San’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

J.BOYMURODOV

* * *

Suratda: tadbirdan lavha.

Sobir NARZIYEV olgan surat.