Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

22 - yanvar, dushanba.
As soon as you open an account Bet365 will send you a 10 digit Offer Code via email. Receive Your £200 bet365 Welcome Promo Bonus plus £50 Mobile Promo

BARCHASI ARMIYAMIZ QUDRATI OSHISHIGA XIZMAT QILADI

Jamiyat
Tipografiya

Islohotlar silsilasi

BARCHASI ARMIYAMIZ QUDRATI OSHISHIGA XIZMAT QILADI

Bugun yurtimizda boshqa sohalarda bo‘lgani kabi, harbiy sohada ham keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazilmoqda. Xususan, o‘tgan bir yil davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda Qurolli Kuchlarimizning harbiy salohiyatini yuksaltirish, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoyalash, tizimga zamonaviy fikrlaydigan, malakali kadrlarni jalb etish, tayyorlash borasida juda katta ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, davr talabidan kelib chiqib harbiy jabhada sifat o‘zgarishlariga qo‘l urildi, yangi tartib-qoidalar joriy etildi. Ularning ayrimlari bilan quyida tanishasiz.

MUDOFAA SANOATIDA YANGI QO‘MITA TASHKIL ETILDI

Prezidentimizning 2017-yil 20-noyabrdagi tegishli qarori bilan mamlakatimizda Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tashkil etildi. Endilikda ushbu qo‘mita Qurolli Kuchlarimiz tizimiga qurol-yarog‘, harbiy texnika, moddiy buyumlarni yetkazib berish va ta’minlash bilan shug‘ullanadi.

IMTIYOZLI TAVSIYANOMANING TAVSIFI O‘ZGARDI

Ma’lumki, Birinchi Prezidentimizning 2012-yil 31-maydagi qaroriga muvofiq, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan abituriyentlar mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballarning 27 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘lar edi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 4-apreldagi tegishli qaroriga binoan, bu tartibga o‘zgartirish kiritildi. Unga muvofiq, 2017-2018-o‘quv yilidan boshlab bunday tavsiyanomaga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda test imtihonlarida to‘plagan ballining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball taqdim etila boshlandi. Endilikda abituriyent kirish imtihonlarida o‘z kuchi bilan 160 ball to‘plasa, tavsiyanomaga asosan unga yana 80 ball qo‘shib beriladi. Aksincha, o‘z kuchi bilan 60 ball to‘plagan abituriyentga tavsiyanoma 30 ballik yordam ko‘rsata oladi, xolos. Bu esa harbiy xizmat chog‘ida ijobiy tavsiflangan abituriyentlar va boshqalar o‘rtasida sog‘lom raqobat o‘rnatilishini ta’minlaydi.

HARBIY XIZMATCHILAR UCHUN IMTIYOZLI UY-JOY

Mamlakatimizning barcha hududlarida harbiy xizmatchilar uchun ko‘p qavatli, arzonlashtirilgan uylar qurilib, imtiyozli kredit asosida berila boshlandi.

Bu ish Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilning 30-martdagi tegishli qarori asosida amalga oshirilmoqda. 2017-yilning o‘zida mamlakatimiz hududlarida namunali loyihalar asosida 56 ta uch qavatli uy qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu 1008 harbiy oila yangi uy-joyga ega bo‘ldi, deganidir.

NOMZODLARNI TANLAB OLISH TARTIBI TAKOMILLASHDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-maydagi qarori bilan mamlakatimizdagi oliy harbiy ta’lim muassasalariga nomzodlarni tanlab olish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qarorga muvofiq, endilikda Mudofaa vazirligi tomonidan vazirlikning oliy harbiy ta’lim muassasalariga nomzodlarni tanlash (qo‘mondonlik taktik moto-o‘qchi va chegara bo‘linmalari, harbiy-havo kuchlarining harbiy mutaxassisliklari bundan mustasno) yagona tanlov asosida, kirish test sinovlari natijalari bo‘yicha to‘plangan ballarga muvofiq amalga oshiriladi. Ya’ni vazirlik tizimidagi barcha oliy harbiy ta’lim muassasalariga bir xil tartib asosida sinov imtihonlari o‘tkaziladi. Nomzodlar orasidan mavjud kvotalarga muvofiq tarzda eng yuqori ball to‘plaganlari tanlab olinadi va ular keyin har bir oliy harbiy ta’lim muassasasiga alohida-alohida bo‘linadi.

Avval esa oliy harbiy ta’lim muassasasining birida o‘qishga kirish ko‘rsatkichi yuqori, boshqasida bir oz past bo‘lardi. Natijada ayrim nomzodlar boshqa oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul qilingan abituriyentlarga nisbatan yuqori ball to‘plagan bo‘lsa-da, o‘qishga qabul qilinmay qolardi.

TEMURBEKLAR MAKTABI ISH BOSHLADI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, buyuk davlat arbobi va sarkarda Sohibqiron Amir Temurning Vatanga sadoqat, el-yurtni ardoqlash, mardlik, fidoyilik va adolatparvarlik kabi yuksak fazilatlari yosh avlod uchun o‘rnak bo‘lib xizmat qilishini inobatga olgan holda mamlakatimizdagi harbiy akademik litseylarga “Temurbeklar maktabi” nomi berildi.

FAOL ASKARLAR IMTIHONSIZ QABUL QILINADI

Joriy yildan boshlab, mamlakatimiz Qurolli Kuchlari saflarida o‘z yigitlik burchini o‘tayotgan va xizmatda har tomonlama faollik ko‘rsatgan muddatli harbiy xizmatchilar hamda Temurbeklar maktabi o‘quvchilari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan oliy ta’lim muassasasiga imtihonsiz, grant asosida o‘qishga qabul qilinadi.

O‘ZBEKISTONNING MUDOFAA DOKTRINASI YANGILANDI

2018-yilning 9-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi.

Ushbu Mudofaa doktrinasi ochiq xususiyatga ega bo‘lib, shunga o‘xshash konseptual hujjatlar qabul qilish borasidagi ilg‘or tajribalarga to‘la mos keladi. Unda O‘zbekistonning mudofaa sohasidagi siyosati, Qurolli kuchlar vazifalari, mamlakatning harbiy-iqtisodiy ta’minoti asoslari, jumladan, harbiy-sanoat kompleksi rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishlari belgilangan.

Hujjatda dunyo va mintaqada vaziyatning rivojlanish dinamikasi, yuzaga kelayotgan tahdid va chaqiriqlar inobatga olingan.

JAHONGIR tayyorladi.