Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

22 - yanvar, dushanba.
As soon as you open an account Bet365 will send you a 10 digit Offer Code via email. Receive Your £200 bet365 Welcome Promo Bonus plus £50 Mobile Promo

MUDOFAADA YAKDILMIZ

Jamiyat
Tipografiya

Festival

MUDOFAADA YAKDILMIZ

Viloyatimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir! umumiy shiori ostida  harbiy vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar davom etmoqda. Xuddi shunday tadbir Mirishkor tumani Jeynov  mahallasidagi o‘yingohda festival tarzida tashkil etildi.

Tuman hokimligi hamda Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari qismi tomonidan tashkil etilgan festivalda tuman ahli, yoshu qari ishtirok etdi.

- Bugungi festivalda  Qurolli Kuchlarimizda ishlatiladigan eng zamonaviy harbiy texnika, qu-rol-yarog‘ vositalari ko‘rgazmasi tashkil etildi, - deydi  Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari ofitseri, mayor G‘ayrat Qosimov. – Harbiy xizmatchilarimiz tomonidan qo‘l jangi elementlarini o‘zida mujassamlashtirgan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish qilindi.

Festival doirasida tuman badiiy jamoalarining konsert dasturi ham namoyish etildi.

Huddi shunday tadbir Nishon tumani Talimarjon shahrida ham tashkil etildi. Unda ta’kidlanganidek, Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilgaligining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tayotgan bu kabi tadbirlar xalqni armiya bilan yanada yaqinlashtirishga, yoshlarda vatanparvarlik hissini oshirishga xizmat qilmoqda.

M.JO‘RAYEV, S. NARZIYEV