Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

21 - sentabr, juma.

BIOMETRIK BO‘LMAGAN PASPORTNING AMAL QILISH MUDDATI YANA UZAYTIRILDI

Jamiyat
Tipografiya

BIOMETRIK BO‘LMAGAN PASPORTNING AMAL QILISH MUDDATI YANA UZAYTIRILDI

Hukumatning 2018-yil 30-iyundagi 494-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik bo‘lmagan pasporti amal qilish muddati:

mamlakat hududida 2019-yil 31-dekabrga qadar;

chet el hududida pasportning amal qilish muddatiga qadar uzaytirildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, yurtimizda yangi namunadagi pasport tizimi 2011-yilning yanvaridan joriy etilgan bo‘lib, dastavval biometrik pasport olishning oxirgi muddati 2015-yilning 31-dekabrigacha etib belgilangandi. Biroq eski namunadagi pasportini biometrikka almashtirmaganlar soni ko‘pligi sababli mazkur muddat 2018-yil 1-iyuligacha uzaytirildi. Ko‘rinib turibdiki, yangi namunadagi pasportga to‘liq o‘tish uchun bu muddat ham kifoya qilmadi.

N.XO‘JAYEV

Sobir NARZIYEV  olgan surat.