Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

25 - aprel, chorshanba.

MILLIY ARMIYAMIZ - YOSHLARNING MARDLIK, MATONAT VA JASORAT MAKTABIDIR

Jarayon
Tipografiya

Tadbir

MILLIY ARMIYAMIZ - YOSHLARNING MARDLIK,

MATONAT VA JASORAT MAKTABIDIR

Qarshi shahrida shu shior ostida tadbir bo‘lib o‘tdi

Viloyat musiqali drama teatrida viloyat hokimligi, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tashabbusi bilan uyushtirilgan ushbu tadbir doirasidagi yosh avlodni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish, xalq va armiya yakdilligini ta’minlash maqsadiga yo‘naltirilgan turli dasturlar kun bo‘yi davom etdi.

Kun avvalida teatr zalida kitoblar ko‘rgazmasi va yarmarka savdosi, she’riy   mushoira, yosh rassomlarning ijodiy ko‘rgazmalari, Vatan posbonlari hayotiga oid foto ko‘rgazma tashkil etildi.

Ularda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, farzandlari, shu bilan bir qatorda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilar, talabalar va ota-onalar ishtirok etdi.

- Ko‘rgazmaga farzandlarim Shuhratbek hamda Dinaralarni olib keldim, - deydi Qarshi shahrilik Naima Sultonova. - Bu yerda so‘nggi yillarda chop etilgan turli badiiy kitoblar bilan tanishdik. Farzandlarimni qiziqtirgan ayrim kitoblarni sotuv bo‘limidan xarid qildik.

Kunning ikkinchi yarmidan boshlab tadbir  teatr oldidagi ochiq maydonda poytaxtimizdan tashrif buyurgan taniqli san’atkorlar, viloyatimiz san’at ustalari hamda harbiy orkestr tomonidan namoyish etilgan galakonsert, harbiy xizmatchilarning turli jangovar elementlarni o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmali chiqishlari bilan davom etdi. Vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar, orkestr sadolari ostidagi harbiy marshlar, ayniqsa, harbiy xizmatchilar tomonidan turli jang qurollari, harbiy texnikalar yordamida ijro etilgan, dala jang amaliyotiga o‘ta yaqinlashtirilgan ko‘rgazmali chiqishlar yig‘ilganlarda yanada katta   taassurot qoldirdi.

Viloyatimizda harbiy    vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

J.BOYMURODOV

* * *

Suratlarda: tadbirdan lavhalar.

 Sobir NARZIYEV olgan suratlar.