Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

25 - aprel, chorshanba.

QARSHI-TERMIZ TEMIR YO‘LI TO‘LIQ ELEKTRLASHTIRILDI

Jarayon
Tipografiya

Bunyodkorlik

QARSHI-TERMIZ TEMIR YO‘LI TO‘LIQ ELEKTRLASHTIRILDI

Qarshi-Termiz temir yo‘lini elektrlashtirish ishlari nihoyasiga yetdi. Bu haqda “O‘zbekiston  temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil  21-fevraldagi tegishli Qaroriga muvofiq amalga oshirildi. Loyihaning umumiy qiymati 327,6 ming AQSH dollarini tashkil qiladi. Uning doirasida 6 ta - Toshguzar, Dehqonobod, Oqrabot, Boysun, Qumqo‘rg‘on, 165-razyezd tayanch nimstansiyalari qurildi. Shuningdek, qurilish va kontakt simlariga xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Termiz lokomotiv deposi rekonstruksiya qilinib, zamonaviy uskunalar bilan ta’minlandi.

Ta’kidlab o‘tish joiz, umumiy uzunligi 325 kilometrdan iborat mazkur liniyada endilikda dizel yonilg‘isi bilan harakatlanuvchi teplovozlar o‘rniga zamonaviy elektrovozlar harakatlanadi. Bu esa qatnov xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish bilan bir qatorda, tashish imkoniyatlarini bir necha marotaba oshiradi.  Misol uchun, avval bitta lokomotiv bilan o‘rtacha 25 ta vagon olib o‘tilgan bo‘lsa, zamonaviy elektrovozda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 45 ta vagonni tashkil etadi. Yoki eski turdagi bitta lokomotivda 2 ming 200 tonnaga qadar yuk tortilgan bo‘lsa, zamonaviy elektrovoz uchun 3 ming 700 tonna yuk cho‘t emas.

J.BOYMURODOV