Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

25 - aprel, chorshanba.

QARSHIDA “UZDIGITAL TV” OFISI OCHILDI

Jarayon
Tipografiya

Tadbir

QARSHIDA “UZDIGITAL TV” OFISI OCHILDI

Yurtimiz aholisiga raqamli televideniye xizmatlari taqdim etuvchi ushbu operator viloyatimizda test rejimida xorijiy telekanallar ko‘rsatuvlarini bir muddat efirga uzatib keldi. Endi esa ushbu xizmatlar pullik asosda taqdim etiladi.

Ma’lumki, mamlakatimizda barcha hududlarni raqamli televideniye imkoniyatlari bilan to‘liq qamrab olish, teleuzatishlar sifatini yaxshilash maqsadida sohaga texnologik yangilanishlarni joriy etish, ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subektlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada so‘nggi yillarda respublikamizning raqamli televideniye bilan qamrab olinganlik darajasi oshdi.

- Bir qancha viloyatlarda ochilgan ofislarimiz orqali doimiy mijozlarimizga ega bo‘lib ulgurdik, - deydi kompaniyaning Qarshi shahridagi savdo va abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofisi menejeri Bahodir Boboyev. – Endigi maqsadimiz – Qashqadaryo vohasida o‘z o‘rnimizni topish.

Yangi ofis ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda yig‘ilganlarga kompaniya xizmatlari va faoliyat yo‘nalishlari haqida axborot berildi.

M.SHUHRATOV

Suratda: tadbirdan lavha.

Sobir NARZIYEV olgan surat.