Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

21 - sentabr, juma.

FHDY ORGANLARI TO‘G‘RISIDA NIZOM TASDIQLANDI

Jarayon
Tipografiya

FHDY ORGANLARI TO‘G‘RISIDA NIZOM TASDIQLANDI

Bu haqda Adliya vazirligining “Telegram”dagi “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilingan.

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq FHDY bo‘limi mudiri, FHDY arxivi mudiri lavozimiga 25 yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga hamda yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 3 yillik, shu jumladan, FHDY organida kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi tayinlanishi mumkin.

FHDY bo‘limi mudiri tegishli tuman (shahar) hokimi tomonidan Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

FHDY organining 1-toifali inspektori lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga va 2-toifali inspektori yoki arxivarius lavozimiga yuridik mutaxassislik bo‘yicha o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari tayinlanishi mumkin.

N.XO‘JAYEV