Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

23 - yanvar, seshanba.
As soon as you open an account Bet365 will send you a 10 digit Offer Code via email. Receive Your £200 bet365 Welcome Promo Bonus plus £50 Mobile Promo

“MANQURT” - ENG YAXSHILAR QATORIDA

Madaniyat
Tipografiya

Muvaffaqiyat

“MANQURT” - ENG YAXSHILAR QATORIDA

Toshkent davlat san’at va madaniyat institutida talabalar teatr-studiyalari festivalining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda qator oliy o‘quv yurtlarida tashkil etilgan teatr-studiyalar jamoalari o‘z sahna asarlari bilan ishtirok etdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan talabalar teatr-studiyalari faoliyati orqali yoshlarimizning ongi va mafkurasini to‘g‘ri shakllantirish, ularni teatr san’atiga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo‘naltirish orqali oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishga erishish hamda iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratib berish va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur festivalda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Nihol” teatr-studiyasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

- Bizning teatr-studiyamiz jamoasi festivalda “Manqurt” spektaklini namoyish etdi, - deydi institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Azamat Xayriddinov. – Bu sahna asari Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romani asosida iqtidorli rejissor Akbar Berdiyev rahbarligida sahnalashtirilgan bo‘lib, tomoshabinlar va nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan iliq qarshi olindi.

Festival yakunida mazkur sahna asari “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

X. ABDULLAYEVA