Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

22 - yanvar, dushanba.
As soon as you open an account Bet365 will send you a 10 digit Offer Code via email. Receive Your £200 bet365 Welcome Promo Bonus plus £50 Mobile Promo

“NAZIRA” – O‘ZIMIZNING ILK TADBIRKOR AYOL HAQIDAGI FILM

Madaniyat
Tipografiya

Namoyish

“NAZIRA” – O‘ZIMIZNING ILK TADBIRKOR AYOL HAQIDAGI FILM

Qarshida vohamizning ilk yirik tadbirkor ayoli – Nazira Shodmonovaning hayoti va faoliyati asosida suratga olingan “Nazira” filmi taqdimoti o‘tkazildi.

Shunisi diqqatga sazovorki, Faxriddin Nizomov ssenariysi asosida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Jahongir Qosimov rejissorligida ishlangan ushbu film syujeti real voqealarni aks ettirgan. Filmda bosh rolni O‘zbekistonda xizmat ko‘r-satgan artist Muyassar Berdiqulova ijro etgan. Boshqa rollar uchun tanlangan taniqli aktyorlar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Fatxulla Mas’udov, Abduraim Abduvahobov, Tohir Saidovning mahoratli ijrosi film muvaffaqiyatini ta’minlagan. Tasvirga olish ishlari bir yarim yil davom etgan bo‘lib, asosiy sahnalar viloyatimizning Qarshi, Shahrisabz shaharlari, Kitob, G‘uzor tumanlarida suratga olingan. Filmning umumiy budjeti 1,5 milliard so‘mni tashkil etgan.

- Ushbu filmni maroq bilan tomosha qildim, - deydi Qarshi shahrilik Gulchehra Aliqulova. – Menga, ayniqsa, filmdagi huquq himoyachisi – advokat roli juda manzur bo‘ldi. Uning oddiy bir ayolga ko‘rsatgan katta yordami, haqiqatni yuzaga chiqarish yo‘lida barcha mashaqqatlarga bardosh berib, o‘z ishini vijdonan uddalagani meni ta’sirlantirdi.

Film taqdimoti viloyatimiz markazidagi kinoteatrlarda davom etmoqda.

X.QILICHEVA