Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

25 - aprel, chorshanba.

ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI XIZMATLARI TARIFLARIGA MAXSUS USTAMA HAQ BELGILASH HAQIDA

Rasmiy
Tipografiya

Viloyat hokimining

QARORI

ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI XIZMATLARI TARIFLARIGA MAXSUS USTAMA HAQ BELGILASH HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2900-sonli (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 17-son, 291-modda) qarori va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2017-yil 15-dekabrdagi 05/1-804-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2017-yil 22-dekabrdagi YT/15-04-34-11/211-2257-sonli xatini inobatga olib O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan

QAROR QILAMAN:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2900-sonli (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 17-son, 291-modda) qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston  Respublikasi Bosh vazirining 2017-yil 15-dekabrdagi 05/1-804-sonli topshirig‘i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. 2018-yil 1-yanvardan boshlab suv ta’minoti korxonalari tomonidan ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq foydalanilgan har 1 m3 ichimlik suvi uchun 20 so‘m qilib belgilansin.

3. Viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi (Azizov) viloyat “Suvoqova” davlat unitar korxonasi (Muradov) va Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi (Yaxyayev) bilan birgalikda:

- besh kun muddatda ichimlik suvi ta’minoti tariflariga belgilangan maxsus ustama haq xizmat ko‘rsatuvchi bankda ochilgan maxsus hisobvaraq (226260...)da kunlik tushum bo‘yicha ajratib hisob-kitob qilinishini tashkillashtirsinlar;

- 2018-yil 1-yanvardan boshlab, banklarda maxsus hisobvaraq (226260...)da to‘plangan maxsus ustama haq pul umumiy summasini har oyda uch marta, ya’ni har o‘n bank ish kunida (Moliya vazirligi g‘aznachiligi h/r 23402000300100001010 Toshkent shahar MB XKKM, MFO: 00014, STIR: 201122919 Jamg‘arma Sh/h/v 401010860262667950100110001 STIR: 304931516 OKED: 84111-raqamli) Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risida bank xizmat ko‘rsatish shartnomasiga o‘zgartirish kiritsinlar.

4. Ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari tariflariga belgilanadigan maxsus ustama haq summasi maqsadli tushum hisoblanishi, barcha soliq turlarini va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashda soliqqa tortiladigan bazaga kiritilmasligi, shuningdek, suv ta’minoti tashkilotlarining moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilmasligi inobatga olinib, ijroga yo‘naltirilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari X.Djurayev zimmasiga yuklatilsin.

Viloyat hokimi                      Z.RUZIYEV

2017-yil 26-dekabr