Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

23 - yanvar, seshanba.
As soon as you open an account Bet365 will send you a 10 digit Offer Code via email. Receive Your £200 bet365 Welcome Promo Bonus plus £50 Mobile Promo

VILOYAT MAHALLIY BYUDJETINING 2017-YILDAGI KUTILAYOTGAN IJROSI HAMDA 2018-YILGI PARAMETRLARI TO‘G‘RISIDA

Rasmiy
Tipografiya

Xalq deputatlari viloyat Kengashining

QARORI

VILOYAT MAHALLIY BYUDJETINING 2017-YILDAGI KUTILAYOTGAN IJROSI HAMDA 2018-YILGI PARAMETRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 99-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017-yil 20-dekabrdagi SQ-241-III-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi  PQ-3454-sonli qaroriga muvofiq “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasiga asosan Xalq deputatlari viloyat Kengashi

QAROR QILADI:

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017-yil 20-dekabrdagi SQ-241-III-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-3454-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. 2017-yil viloyat mahalliy byudjetining kutilayotgan ijrosi bo‘yicha Qashqadaryo viloyat moliya bosh boshqarmasi (A.Shukurov)ning axboroti tasdiqlansin.

3. 2018-yil viloyat mahalliy byudjetining daromadlari 1 trillion 909,9 milliard so‘m va xarajatlari 2 trillion  223,5 milliard so‘m miqdorida ilovaga asosan tasdiqlansin.

4. Viloyat hokimining o‘rinbosari, shahar va tumanlar hokimlari:

viloyatda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, aholining daromadlari darajasini va turmush farovonligini oshirish yuzasidan choralar ko‘rsinlar;

yangi korxonalar barpo etish va ishlab chiqarish hajmini oshirish hisobiga soliq bazasini ko‘paytirish bo‘yicha choralar amalga oshirilishini ta’minlasinlar;

ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladigan byudjet xarajatlarini, shu jumladan, ta’limni rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish xarajatlarini yanada ko‘paytirish yo‘li bilan aholi turmush farovonligini oshirish bo‘yicha choralarni ro‘yobga chiqarishni tashkil etsinlar;

viloyatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ichki hamda tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida iqtisodiyotda yangi yuqori texnologik korxonalar va ishlab chiqarishlar ildam rivojlantirilishini ta’minlashga, ishlab turgan quvvatlarni modernizatsiyalash va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirishga qaratilgan tarkibiy o‘zgartishlar dasturlarini amalga oshirishni, ishbilarmonlik muhitini hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligini yanada yuksaltirishni davom ettirsinlar;

qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini tubdan yaxshilash maqsadida qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida xususiy uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rsinlar;

byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish va birinchi navbatdagi xarajatlarni mahalliy byudjetlardan o‘z vaqtida va to‘liq moliyalanishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni davom ettirsinlar;

byudjet mablag‘laridan va byudjetdan tashqari mablag‘lardan maqsadli, manzilli va samarali foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsinlar.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari X.Djurayev zimmasiga yuklatilsin.

6. Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2016-yil 28-dekabrdagi 83/18-5-sonli qarori 2018-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

7. Mazkur qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Xalq deputatlari viloyat

Kengashining raisi                 Z.RUZIYEV

2017-yil 30-dekabr        

Viloyat mahalliy byudjetining 2018-yilgi asosiy ko‘rsatkichlari

T/r

Daromad turlari

Miqdori

(ming so‘m)

 

1

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i

69113881

 

2

Savdo va umumiy ovqatlanish  korxonalari uchun yagona soliq to‘lovidan Davlat byudjetiga ajratmalar

83900000

 

3

Yagona soliq to‘lovidan Davlat byudjetiga ajratmalar, shu jumladan, kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha

70264315

 

4

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i

339268872

 

5

 

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qat’iy belgilangan daromad solig‘i

70254999

 

6

Qo‘shilgan qiymat solig‘i

390929422

 

7

Aksiz solig‘i, jami

42786000

 

 

shu jumladan:

 

 

aroq

31488086

 

konyak

 

 

tabiiy vino

 

 

boshqa vinolar

915000

 

shampan, gazli va vijillab turadigan vinolar

 

 

etil spirti

 

 

tarkibida 30 foizdan ortiq etil spirti bo‘lgan boshqa alkogol mahsulotlari

 

 

tarkibida 10 foizdan 30 foizgacha etil spirti bo‘lgan boshqa alkogol mahsulotlari

 

 

pivo

 

 

tamaki mahsulotlari

 

 

benzin

 

 

o‘simlik (paxta) yog‘i

10382914

 

8

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

419836106

9

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

48469801

10

Yuridik shaxslar yer solig‘i

40000000

11

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i

49370001

12

Yagona yer solig‘i

21800000

13

Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq

 

14

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

8800000

15

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i

 

16

Davlat boji

48188727

17

Jarimalar

37344079

18

O‘zR IIV Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan undiriladigan yig‘imlar

23600000

 

19

Bozorlar daromadidan tushum

12100002

20

Mahalliy yig‘imlar

5280000

21

Benzin, dizel yonilg‘isi va gaz iste’mol qilganlik uchun soliq

106014156

 

22

Boshqa tushumlar

22600000

 

JAMI

1909920361

 

 

T/r

Ko‘rsatkichlar

Miqdori (ming so‘m)

 

I. Xarajatlar – jami

2223504856

 

1

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga xarajatlar - jami

1978780620

 

 

shu jumladan:

 

1.1

Maorif

1172117960

 

- umumiy ta’lim

1171918294  

 

ish haqi va yagona ijtimoiy to‘lovlar

1105429248 

 

- kadrlar tayyorlash

199666  

1.2

Sog‘liqni saqlash

556523216 

 

ish haqi va yagona ijtimoiy to‘lovlar

444666221  

1.3

Madaniyat va sport, ommaviy axborot vositalari

22736878  

 

- madaniyat va ommaviy axborot vositalari

11408202  

 

- sport

11328676  

1.4

Fan

1343816  

1.5

Bolali oilalarga va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar

224803961

1.6

Davlat mukofotlarini to‘lash bo‘yicha xarajatlar

8612  

1.7

Ijtimoiy ko‘nikma markazlari

869539  

1.8

Isitish qozonxonalari va isitish tizimlarini kapital ta’mirlash

376638  

 

2.

Iqtisodiyotga xarajatlar

106854517  

 

shu jumladan:

 

2.1

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashkilotlari

10645746  

2.2

Obodonlashtirish

76234202  

2.3

Drenaj ishlari bilan bog‘liq xarajatlar

3180701  

2.4

Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘limlarini saqlash xarajatlari

2396143  

2.5

“Toza hudud” Davlat unitar korxonasi

11141325  

2.6

Ko‘p xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish

3256400  

 

3.

Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirishga xarajatlar

16303100  

4.

Davlat boshqaruv organlarini saqlash

46447948  

 

shu jumladan:

 

4.1

Davlat boshqaruv idoralari

46447948 

5

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlash

49857303

 

6

Zaxira jamg‘armasi

22014900  

7

Boshqa xarajatlar

3246468  

 

shu jumladan:

 

7.1

Mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan boshqa muassasalar va tadbirlar

1429974  

7.2

Qabullar uyini saqlash xarajatlari

1816494  

 

Ijtimoiy soha uchun transfertlar - jami

313584495  

 

shu jumladan:

 

 

- sog‘liqni saqlash muassasalarining ish haqi va yagona ijtimoiy to‘lovi

313584495  

 

 

Aylanma kassa mablag‘i me’yori

31105100