Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

23 - sentabr, yakshanba.

NISHON TUMANI HOKIMI ISHDAN OLINDI

Rasmiy
Tipografiya

Tuman Kengashi sessiyasi       

NISHON TUMANI HOKIMI ISHDAN OLINDI

Xalq deputatlari Nishon tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev so‘zga chiqib, tuman salohiyati, iqtisodiy imkoniyatlari, keyingi yillarda xalq xo‘jaligining turli jabhalarida erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va yechimini kutayotgan muammolar haqida atroflicha mulohaza yuritdi. Bu xususda mutasaddilarning fikrini eshitdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Xayitmuradov Muxtar Kuldashevich Nishon tumani hokimi etib tasdiqlandi.

2016-yildan buyon tumanni boshqarib kelgan Jurayev Asror Rustamovich esa hokim vazifasidan ozod etildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, Muxtar Xayitmuradov ilgari ham ushbu lavozimda ishlagan, 2012-2016-yillarda Nishon tumaniga rahbarlik qilgan, 2016-yildan shu vaqtga qadar esa viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

N.XO‘JAYEV