Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

23 - yanvar, seshanba.
As soon as you open an account Bet365 will send you a 10 digit Offer Code via email. Receive Your £200 bet365 Welcome Promo Bonus plus £50 Mobile Promo

QARSHIDA ISPANIYALIK MUTAXASSIS ISH BOSHLASHI MUMKIN

Sport
Tipografiya

Futbol

QARSHIDA ISPANIYALIK MUTAXASSIS

ISH BOSHLASHI MUMKIN

O‘zbekiston futbol federatsiyasi rahbariyati mamlakatimizda futbolni rivojlantirish borasida birqancha ishlarni amalga oshirmoqda. Bu borada eng asosiy e’tibor yurtimizda bolalar futbolini yuksaltirishga qaratilgan. Xususan, O‘FF tomonidan ilgari surilayotgan yangi loyihaga ko‘ra,  bolalar bilan mashg‘ulotlarni yangi uslubda, Yevropa andazalariga mos ravishda o‘tkazish va shu yo‘l orqali yuqori saviyali futbolchilarni tayyorlash ko‘zda tutilgan. Ushbu loyiha doirasida viloyatlar to‘rt hududga bo‘linadi.

Unga ko‘ra, birinchi hududdan qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlari joy oladi. Markaz – Nukus shahri. Ikkinchi hududdan esa Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va qashqadaryo viloyatlari o‘rin egallaydi. Markaz - qarshi shahri. Shuningdek, markazi Marg‘ilon bo‘lgan uchinchi guruhdan vodiyning uch viloyati joy olgan bo‘lsa, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri to‘rtinchi guruhga biriktirilgan. Bu hududning markazi Toshkent shahri bo‘ladi. 

Ushbu hududlarning har biriga bir nafardan xorijlik mutaxassis jalb etiladi. Ular hududlarda bolalar futboli murabbiylari va seleksionerlar bilan ish olib boradi.  Ispaniyalik mutaxassis Kiko Zuniga esa markazi qarshi shahri bo‘lgan ikkinchi hududda bolalar futbolini rivojlantirishga mas’ul bo‘ladi.

Viloyat futbol federatsiyasida yurtimizga kuni kecha yetib kelgan mazkur mutaxassis Kiko Zuniga bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda turli ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan futbol murabbiylari, O‘zbekiston futbol federatsiyasi mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Kiko ishtirokchilar bilan Yevropada bolalar futboli, u yerdagi yosh iste’dodlar bilan ishlash tizimi, shuningdek, o‘zining ish dasturi, rejalari xususida suhbatqurdi.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi texnik direktori Shavkat Imomovning ma’lumot berishicha, hali mutaxassis shunchaki bu yerdagi mavjud shart-sharoitlar, futbol maktablarining infratuzilmasi, murabbiylarning ish uslublari va shu kabi jihatlar bilan yaqindan tanishishi uchun taklif etilgan. qachonki bizdagi shart-sharoitlarni o‘zi ko‘rib, bu yerda bolalar futbolini sezilarli darajada rivojlantirishga yordam bera olishiga ishonchi komil bo‘lsa, shuningdek, uning O‘FFga taqdim etgan ish dasturi o‘rganib chiqilib, ma’qul topilsagina Kiko bilan loyiha doirasida shartnoma imzolanadi. Yo‘qsa yana boshqa mutaxassis tanlanishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida keltirib o‘tamiz, Kiko Zuniga 1962-yil Ispaniyada tavallud topgan. Futbolchi sifatida “Real Sosyedad” klubi safida to‘p surib, “Copa del Rey” sovrininiqo‘lga kiritgan. Murabbiylik faoliyati davomida esa Madridning “Atletiko” jamoasining U-13 va U-14 jamoalarini boshqargan. Shuningdek, Kiko Zuniga “Real Madrid” jamoasining Xitoyda joylashgan akademiyasida ham faoliyat yuritgan.

Jahongir BOYMURODOV

Suratda: Kiko Zuniga

 

Jamshid NORQOBILOV olgan surat.