Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

21 - iyul, yakshanba.

“NASAF”NING TO‘RT NAFAR VAKILI OSIYO CHEMPIONATIDA

Sport
Tipografiya

Futbol

“NASAF”NING TO‘RT NAFAR VAKILI OSIYO CHEMPIONATIDA

9-27-yanvar kunlari Xitoyda futbol bo‘yicha navbatdagi U-23 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Chempionatda Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi ham qatnashadi.

Yaqinda terma jamoaning musabaqada ishtirok etadigan yakuniy tarkibi e’lon qilindi. Ahamiyatli tomoni, ushbu tarkibdan “Nasaf” jamoasining 4 nafar futbolchisi o‘rin olgan. Jumladan, himoyachi Azizjon G‘aniyev, yarim himoyachilar Odil Hamrobekov, Doniyor Narzullayev hamda hujum chizig‘i vakili Bobur Abduxoliqov terma jamoa tarkibida Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi “A” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, vakillarimiz guruh uchrashuvlarida Qatar, Xitoy hamda Ummon futbolchilariga qarshi maydonga tushadi.

30-yanvar kuni esa “Nasaf” futbolchilarini Osiyo chempionlar ligasi doirasidagi xalqaro o‘yin kutib turibdi. Bu bahsda jamoamiz chempionatning guruh bahslariga yo‘llanma olish uchun o‘z maydonida Iordaniyaning “Al-Faysali” klubi to‘sig‘ini yengib o‘tishi lozim.

J.QILICHEV