Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

21 - iyul, yakshanba.

“NASAF” BUGUN TURKIYAGA JO‘NAB KETADI

Sport
Tipografiya

Futbol

“NASAF” BUGUN TURKIYAGA JO‘NAB KETADI

Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagan “Nasaf” jamoasi 9-22 yanvar kunlari Turkiyaning Belek shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borishni rejalashtirgan. Shu maqsadda bugun klub delegatsiyasi Turkiyaga jo‘nab ketadi.

Xabaringiz bor, o‘tgan mavsumdan so‘ng jamoani olti nafar yetakchi futbolchi tark etdi. Shartnomasi tugagan bir qator futbolchilar bilan yangi shartnomalar imzolandi. Jumladan, Jasur Hasanov, Umarbek Eshmurodov, Sanjar Quvvatov, Igor Golban va Dragan Cheran jamoadagi faoliyatini yana davom ettiradigan bo‘ldi.

Klub rasmiy saytida berilgan xabarga ko‘ra, Turkiyadagi yig‘inda yana bir nechta mahalliy va legioner futbolchilarni sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan. Bir necha mavsumdan buyon Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubidagi yorqin o‘yinlari bilan tanilgan Sanjar Rashidov, Tojikiston milliy terma jamoasi a’zosi Jahongir Aliyev, bir vaqtlar “Nasaf”da o‘ynagan sloveniyalik tezkor yarim himoyachi Roy Rok va yana boshqa bir nechta futbolchi kelgusi mavsumni “Nasaf” tarkibida o‘tkazishi mumkin.

Yig‘in davomida Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari bir qator xorij klublari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi.

Turkiyadagi yig‘indan so‘ng jamoa Qarshiga qaytib, 30-yanvar kuni Osiyo Chempionlar ligasining pley-off o‘yinlari  doirasida Iordaniyaning “Al-Faysali” klubiga qarshi kechadigan bahsga tayyorgarlikni davom ettiradi.

 

J.QILICHEV