Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

22 - aprel, yakshanba.

YOSH SHAXMATCHILAR BAHSLASHDI

Sport
Tipografiya

Turnir

YOSH SHAXMATCHILAR BAHSLASHDI

Qarshi shahridagi “Nuriston” akademik litseyida “Yoshlar shaxmat taxtasi” respublika ochiq turnirining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Turnirda 8 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar 6 yosh toifasida (8 yoshgacha, 10 yoshgacha, 12 yoshgacha, 14 yoshgacha, 16 yoshgacha va 19 yoshgacha) o‘zaro kuch sinashdi.

– Ushbu musobaqa yurtimizda yoshlar o‘rtasida shaxmat sport turini yanada ommalashtirish, havaskorlar va yosh shaxmatchilarning malakasini oshirish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida tashkil etildi, – dedi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi matbuot kotibi Ahror Sodiqov. – Joriy yilda turnirning saralash bosqichida 63 ming nafardan ziyod viloyatimiz yoshlari  ishtirok etdi. Ular orasidan eng yaxshi natija ko‘rsatib, yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 180 nafar ishtirokchi viloyat bosqichida bahs olib borishdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 12 nafar yosh musobaqaning final bosqichida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida keltirib o‘tamiz, musobaqaning yakuniy respublika  bosqichi aprel oyida Surxondaryo viloyatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Jahongir BOYMURODOV

Suratlarda: turnirdan lavhalar.

Sobir NARZIYEV olgan suratlar.