Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

21 - sentabr, juma.

QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI JAMOASI G‘OLIB

Sport
Tipografiya

Futbol

QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI JAMOASI G‘OLIB

Mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Olimpiada yulduzlari” shiori ostida musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Musobaqada 76 ta oliy ta’lim muassasalarining mini-futbol jamoalari ishtirok etdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti jamoasi munosib ishtirok etib, finalga qadar yetib bordi. Hal qiluvchi o‘yinda ham g‘oliblik viloyatimiz jamoasiga nasib etdi va ular O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi kubogiga sazovor bo‘ldi. 2-o‘rin esa Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasiga va 3-o‘rin Toshkent arxitektura va qurilish instituti jamoasi vakillariga nasib etdi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

“NASAF”NING 6 NAFAR FUTBOLCHISI TURKIYAGA JO‘NAB KЕTDI

Joriy yilning 18-avgustidan 2-sentyabriga qadar Indoneziyada Yozgi Osiyo o‘yinlari sport musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Ayni vaqtda Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoa a’zolari musobaqaga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Turkiyaga jo‘nab ketishgan. Olimpiyachilarimiz 29-iyunga qadar ushbu mamlakatda mashg‘ulotlar olib boradi. Yig‘in davomida 3 ta nazorat uchrashuvida maydonga tushishi ham rejalashtirilgan.

E’tiborli tomoni, bosh murabbiy ushbu terma jamoaga “Nasaf”dan 6 nafar yosh futbolchini jalb etgan. Jumladan, darvozabon Umid Ergashev, himoyachi Doniyor Narzullayev, yarim himoyachilar - Islom Kenjaboyev, Odil Hamrobekov, Aziz G‘aniyev hamda hujum chizig‘i vakili Bobur Abduholiqovlar terma jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.

“SЕVINCH” BIRINCHI DAVRANI G‘ALABA BILAN YAKUNLADI

Ayollar o‘rtasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining birinchi davra o‘yinlari nihoyasiga yetdi.

Mamlakatimizning 12 karra chempioni - “Sevinch” davra davomida yetakchilikni hech kimga bermadi. O‘tkazilgan 13 ta bahsning 12 tasida g‘alaba, 1 tasida durang qayd etgan vakillarimiz ilk davrani jami 37 ochko jamg‘argan holda 1-o‘rin bilan yakunladi.

Ikkinchi davraning “Sevinch” ishtirokidagi ilk o‘yini 5-avgust kuni bo‘lib o‘tadi va bunda Toshkentning “Lokomotiv W” jamoasi Qarshida mehmon bo‘ladi.

JAHONGIR