Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

22 - iyul, yakshanba.

CHЕKKA HUDUDDA AYOLLAR UCHUN FITNЕS KLUBI

Sport
Tipografiya

Sport – salomatlik garovi

CHЕKKA HUDUDDA AYOLLAR UCHUN FITNЕS KLUBI

Bugun chekka hududlarda ham zamonaviy sport majmualari, sport-sog‘lomlashtirish markazlari soni ko‘payibbormoqda. Bu aholi, shu bilan birgalikda xotin-qizlarning ham sport bilan shug‘ullanib, o‘z salomatliklarini mustahkamlab borishlari uchun yetarli shart-sharoitni yuzaga keltirayapti. E’tiborli tomoni, mana shunday majmualarning ko‘pchiligi tadbirkorlar tomonidan barpo etilib, foydalanishga topshirilmoqda.

Yaqinda Yakkabog‘ tumanining Yangiobod mahallasida ham yakka tartibdagi tadbirkor Gulandom Qurbonovaning sa’y-harakatlari samarasida faqat ayollar uchun mo‘ljallangan zamonaviy fitnes klubi faoliyat boshladi.

- Yoshligimdan sportga qiziqaman, - deydi tadbirkor. – Lekin o‘sha vaqtlarda hududimizda xotin-qizlar uchun alohida sport zallari yo‘q edi. Keyinchalik Toshkent shahrida oliygohda o‘qidim, o‘qish bilan birgalikda fitnes klubga ham qatnab, sport bilan shug‘ullanardim. O‘qishni tamomlab, tumanimizdagi kasb-hunar kollejlaridan birida ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ish boshladim. Shu bilan birgalikda, hududimizda zamonaviy ayollar fitnes klubini tashkil etishni ham maqsad qilgandim. Bu fikrimni oilam, yaqinlarim ham qo‘llab-quvvatlashdi va ularning yordami bilan mana shu klubni ishga tushirdik. Toshkent shahridagi fitnes markazlaridan birining mutaxassislarini taklif etib, hamkorlikda ayollarning qomatini tiklashga, salomatligini mustahkamlashga qaratilgan maxsus mashq dasturlarini ishlab chiqdik.

Markazda ayni vaqtda 20 dan oshiq xotin-qizlar sport bilan shug‘ullanmoqda. Ular orasida o‘quvchi qizlardan tortib, nafaqadagi ayollar ham bor.

J.QILICHЕV

Sobir NARZIYEV olgan surat.