Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

23 - sentabr, yakshanba.

URUG‘CHILIK – QISHLOQ XO‘JALIGI TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI

Qishloq xo'jaligi
Tipografiya

Ko‘rgazmali seminar

URUG‘CHILIK – QISHLOQ XO‘JALIGI TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI

Qarshi tumanidagi “Jo‘rayeva Gulshoda Jumayevna” fermer xo‘jaligi laboratoriyasida viloyatdagi elita urug‘chilik xo‘jaliklarida don, dukkakli don, sabzavot, poliz, moyli va ozuqa ekinlarining birlamchi urug‘larini yetishtirish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan seminarda urug‘chilik sohasida faoliyat olib borayotgan taniqli olimlar, qishloq xo‘jaligi mutaxassislari, urug‘ yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining rahbarlari hamda laboratoriya mudirlari ishtirok etdi.

- Qishloq xo‘jaligi ekinlari, shu jumladan, g‘o‘za va boshoqli don ekinlarining urug‘larini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan, biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va rivojlantirish bugungi kundagi eng dolzarb vazifalardan biri sanaladi, - deydi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasi direktor o‘rinbosari Abduqodir Xalilov. - Shundan kelib chiqqan holda seminarda yurtimizda urug‘chilik tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, so‘nggi yillarda olimlarimiz tomonidan yaratilgan yanginavlar, ularning biologik xususiyatlari, hosildorlik, chidamlilik ko‘rsatkichlari haqida ma’lumotlar berildi. Mutaxassislar tomonidan urug‘larni ekishda amal qilish lozim bo‘lgan agrotexnik talablar amaliy ko‘rsatib berildi.

Shuningdek, seminarda so‘zga chiqqanlar tomonidan sabzavot va poliz ekinlari urug‘chiligining bugungi kundagi holati, mavjud muammolar, jumladan, urug‘larning sifati pastligi, sohada malakali mutaxassislar yetishmasligi, mamlakatda yetishtirilayotgan urug‘larning ekin turlari, navlari va miqdori bo‘yicha ma’lumotlarning yagona bazasi yo‘qligi haqida fikr va mulohazalar bildirildi.

Ishtirokchilar tomonidan respublikada sabzavot va poliz ekinlari urug‘larini yetishtirish, tayyorlash, qadoqlash, sotish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, mahalliy navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va rivojlantirish, urug‘chilik bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro faol hamkorlik qilish kabi takliflar o‘rtaga tashlandi.

Jahongir BOYMURODOV