Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

21 - iyul, yakshanba.

YAKKABOG‘DA ZAMONAVIY BO G‘CHA ISHGA TUSHDI

Ta'lim
Tipografiya

Bunyodkorlik

YAKKABOG‘DA ZAMONAVIY BO G‘CHA ISHGA TUSHDI

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan davr bolaning bilim va qadriyatlar, jamiyat va hayot haqidagi ilk tasavvurlari shakllanishida muhim ahamiyatga ega. 

Shuni hisobga olgan holda, mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish va samarali faoliyat ko‘rsatishiga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ular asosida yangi, barcha shart-sharoitlarga ega maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, ularning ish tizimini yanada takomillashtirish, bir so‘z bilan aytganda, bu muassasalarda o‘g‘il-qizlarimizning puxta boshlang‘ich bilim va tarbiya olishi uchun qulaylik yaratish,  malakali pedagog kadrlar, o‘quv-uslubiy vositalar bilan ta’minlash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yakkabog‘ tumanida foydalanishga topshirilgan 8-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi ham farzandlarimiz kamoli yo‘lida amalga oshirilayotgan ana shu ishlarning uzviy davomi bo‘ldi. Ushbu muassasa bunga qadar moslashtirilgan binoda, qiyin sharoitda faoliyat yuritib kelayotgan edi.

- Muassasamizning yangi binosida bolalarimizga jahon andazalari asosida ta’lim va tarbiya berish  uchun barcha shart-sharoitlar yaratib  berildi, - deydi muassasa  mudirasi Shoira Aliqulova.  – Xonalar yorug‘ va shinam, barcha inventarlar mavjud. Hozirda  4 guruhda 84 nafar bolajon tarbiya olmoqda. Rus tili,  ingliz tili, badiiy gimnastika va milliy kurash to‘garaklari doimiy faoliyat olib bormoqda. Kelgusida yana yangi to‘garaklar tashkil etish niyatimiz bor.

Muassasa 816 million so‘mlik investitsiya mablag‘i asosida “Yakkabog‘ sayyod” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan bunyod etildi.

Sobir NARZIYEV

 

Muallif olgan suratlar.