Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

22 - yanvar, dushanba.
As soon as you open an account Bet365 will send you a 10 digit Offer Code via email. Receive Your £200 bet365 Welcome Promo Bonus plus £50 Mobile Promo

QABUL KVOTALARI YANA OSHADI...MI?

Ta'lim
Tipografiya

Oliy ta’lim

QABUL KVOTALARI YANA OSHADI...MI?

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolari va muddatli harbiy xizmatni a’lo darajada o‘taganlar hisobidan oliy o‘quv yurtlariga qabul kvotalari kelasi o‘quv yilidan kamida 20 foizga oshirilishi mumkin.  

Bu haqida 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida so‘z yuritilgan. Unga ko‘ra, fuqarolarning oliy ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faol a’zolari, oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanoma olgan abituriyentlar hamda haqiqiy harbiy xizmatni o‘tagan va tegishli sertifikatga ega yigitlarni oliy ta’lim muassasasiga alohida kvotalar bo‘yicha qabul qilish nazarda tutilmoqda. Bu tizimni yo‘lga qo‘yish uchun davlat budjeti va to‘lov-shartnoma mablag‘lari hisobidan 91 milliard so‘m sarflanadi.

Bundan tashqari, dasturda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqot texnologik universiteti, poytaxtimizda esa AQSHning Vebster universiteti filiallarini tashkil etish, shuningdek, Toshkent shahri va hududlarda rivojlangan mamlakatlarning yirik va eng nufuzli ilmiy ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish ham nazarda tutilgan. Davlat byudjeti va to‘lov-shartnoma mablag‘lari hisobidan 3 milliard so‘m ajratilishi mo‘ljallanayotgan mazkur loyihaga ko‘ra, yil davomida rivojlangan davlatlarning yirik va eng nufuzli ilmiy-ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish bo‘yicha chuqur o‘rganishlar o‘tkazilib, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Oliy ta’limda yuz berishi kutilayotgan o‘zgarishlar faqat bugina emas. Endilikda iste’dodli yigit-qizlarning xorijiy universitetlarda zarur mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olishi va kadrlar malakasini oshirish ishlari yanada kengaytiriladi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 30 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi. Unga ko‘ra, kadrlar malakasini oshirish maqsadida eng nufuzli xorijiy ta’lim muassasalarini o‘rganib, ular bilan uzoq va o‘rta muddatli tegishli bitimlar tuzish, xorijga o‘qishga yuboriladigan iqtidorli va istiqbolli mutaxassislarni tanlab olish tartibi, mutaxassislarning xorijda ta’lim olishi va malakasini oshirishini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish, ularni davlat budjeti va homiylar mablag‘lari hisobidan chet elga yuborish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan va muhokama shu yilning 15-yanvariga qadar davom etadi.

X.QILICHEVA