Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

21 - sentabr, juma.

KIM, QAYERGA HUJJAT TOPSHIRMOQCHI?

Ta'lim
Tipografiya

Oliy ta’lim

KIM, QAYERGA HUJJAT TOPSHIRMOQCHI?

Xabaringiz bor, ayni kunlarda viloyatimizdagi oliy oquv yurtlarida 2018/2019 oquv yili uchun abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish jarayoni davom etmoqda.

Xo‘sh, yangi o‘quv yilida viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalari qancha abituriyent qabul qiladi?

Prezidentimizning joriy yil 4 iyundagi “2018/2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi qarori talablari asosida Qarshi davlat universitetining bakalavr yo‘nalishlariga jami 1690 nafar talaba o‘qishga qabul qilinadi. Shundan 445 nafari davlat granti, 1245 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida ta’lim oladi. Magistratura bosqichiga esa jami 78 nafar talaba o‘qishga qabul qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, 15 nafari davlat granti, 63 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydi.

Shuningdek, universitetning maxsus sirtqi bo‘limida yangi o‘quv yilida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha qabul ko‘rsatkichlari 7 ta yo‘nalishda olib boriladi va bunga 690 nafar talaba qamrab olinadi.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida ham qabul jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Xususan, joriy yilda ushbu muassasada bakalavr bosqichining 26 ta’lim yo‘nalishiga jami 1550 nafar abituriyent qabul qilinadi. Ulardan 490 nafari davlat granti, 1060 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish imkoniga ega bo‘ladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali 2018/2019 o‘quv yilida bakalavriatga 290 nafar talaba qabul qiladi. Ularning 75 nafari davlat granti asosida ta’lim olsa, 215 yigit-qiz to‘lov-kontrakt asosida o‘qishi belgilangan.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, joriy yilgi test sinovlari 1-avgustdan 15- avgustgacha bo‘lgan davrda o‘tkaziladi va natijalar test o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

S.ALLAYOROVA