Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

22 - iyul, yakshanba.

QISHLOQDA YANGI BOG‘CHA

Ta'lim
Tipografiya

Maktabgacha ta’lim

QISHLOQDA YANGI BOG‘CHA

Kitob tumani Navqat qishlog‘i hududida joylashgan eski bino ancha vaqt bo‘sh turgan, undan maqsadli foydalanilmay kelinayotgandi. Mamlakatimizda xususiy maktabgacha ta’lim tizimi rivojlana boshlagach, ushbu mulk zamonaviy bog‘cha tashkil etish tashabbusi bilan chiqqan tadbirkorga berildi.

Bunda shu hududda maktabgacha ta’lim muassasasi yo‘qligi, ammo ehtiyoj yuqoriligi hisobga olingani ahamiyatlidir. Yangi bog‘cha ishga tushirilishi esa hududda o‘sayotgan bolalarni ta’limning mazkur bosqichiga qamrab olish imkoniyatini yanada oshirdi.

- “Bilimdon erkatoylar” nomli muassasamiz davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan bo‘lib, to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishni joriy yilning aprelida boshladik, - deydi bog‘cha mudirasi Lobar Suyarova. – Binoni zarur talablarga muvofiq ta’mirlab, jihozladik. Hozirda 20 nafar bolani qabul qilganmiz. Shuningdek, ishga 5 nafar tarbiyachi jalb etilgan. Ta’lim jarayoni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib borilayapti.

Albatta, muassasa quvvati mavjud talabni qondirish uchun yetarli emas. Shu bois, kelgusida tadbirkor bog‘cha sig‘imini kengaytirish, bu ko‘rsatkichni 75 o‘ringa yetkazishni mo‘ljal qilgan.

Sobir NARZIYEV

Muallif olgan suratlar.