Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

22 - iyul, yakshanba.

MIRISHKORDA QAYSI FAN O‘QITUVCHISI YETISHMAYAPTI?

Yilnoma
Tipografiya

Xalq bilan muloqot

MIRISHKORDA QAYSI FAN O‘QITUVCHISI YETISHMAYAPTI?

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvolini o‘rganish, mavjud muammolarning bartaraf etilishida amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida xalq noiblari va siyosiy partiyalar vakillarining joylarga chiqishi, aholi bilan muloqotlari joriy yilda ham davom etmoqda.

Jumladan, Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Mirishkor tumanida o‘tkazilgan o‘rganishlarda ham qator muammolar aniqlanib, aholini qiynab kelayotgan masalalar muhokama qilindi. O‘rganishlarda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputatlar - Dilfuza Jalilova hamda Urol Hayitov ham ishtirok etib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, aholining yashash sharoitlari, ta’lim-tarbiya jarayonlari  bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, hududdagi maktab binosi 300 o‘ringa mo‘ljallangani holda bugungi kunda mazkur ta’lim muassasasida 500 nafar o‘g‘il-qiz tahsil olmoqda. O‘qituvchilar bu holat dars sifatiga ta’sir etayotgani, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini individual tekshirib borishda qiyinchiliklar tug‘dirayotganini ma’lum qilishdi.

Tumandagi 31-maktabda esa yana boshqa bir muammo mavjud. Bu yerda 2 nafar ingliz tili va 2 nafar rus tili fani o‘qituvchisi yetishmaydi. Tabiiyki, bu holat o‘quvchilarning zamonaviy bilimlarni qiyin o‘zlashtirishiga sabab bo‘lmoqda.

Mavjud ahvolni o‘rgangan deputat Dilfuza Jalilovaning bildirishicha, mazkur muammo, shuningdek, uni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlanib, mutasaddi idoralarga kiritilgan. Xalq ta’limi vazirligiga deputatlik so‘rovi yuborilgan.

Umumiy hisobda deputatlarimiz tomonidan aholi bilan o‘tkazilgan suhbatlar jarayonida ta’lim, transport, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy masalalarga oid 40 dan oshiq muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga aniq taklif va deputatlik so‘rovlari kiritildi.

Shahnoza QAHHORZODA,

partiya viloyat kengashi matbuot kotibi