Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

22 - iyul, yakshanba.

NASHRLAR TARIXI

Tahririyat
Tipografiya

1925-yil 22-mayda Qarshida «Qashqadaryo» nomi bilan viloyat gazetasi chop etilgan. Unga viloyat partiya qo‘mitasi tashviqot bo‘limining mudiri, shoir va adabiyotshunos Abdulla Rahmonov (Gulshaniy) muharrirlik qilgan.

“Novosti Kashkadari” gazetasi “Kashkadarinskaya pravda” nomi bilan 1943-yil 18-iyundan chiqa boshlagan.

1938-yil aprelida Qashqadaryo Buxoro viloyati tarkibiga kiritiladi. Xuddi shu yil iyun oyidan boshlab «Qashqadaryo haqiqati» gazetasi O‘zbekiston Kompartiyasi Qarshi shahar qo‘mitasi, Qarshi shahar va tuman kengashlari organi sifatida chiqa boshlaydi. 1943-yilga kelib Qashqadaryo yana alohida viloyat bo‘lgach, xuddi shu yil aprel-may oylarida O‘zbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyat tashkilot byurosi va O‘zbekiston Oliy Kengashi Rayosati viloyat qo‘mitasi organi sifatida ikki betlik “Bolshevik” gazetasi nashr etiladi. 1943-yil iyun oyidan esa gazeta yana “Qashqadaryo haqiqati” nomi bilan O‘zbekiston Kompartiyasi viloyat qo‘mitasi va viloyat kengashi organi sifatida nashr etila boshlaydi.

1960-yil fevralida Qashqadaryo viloyati tugatilib, Surxondaryo viloyati tarkibiga qo‘shib yuborildi. Shundan so‘ng “Qashqadaryo haqiqati” gazetasi ham o‘z faoliyatini to‘xtatdi. 1964-yilda viloyat qayta tashkil etilgach, “Qashqadaryo haqiqati” yana nashr etila boshlandi.

1996-yil martda Qashqadaryo viloyati hokimining qaroriga asosan viloyat hokimligi muassisligida chop etilayotgan “Qashqadaryo haqiqati” va “Kashkadarinskaya pravda” gazetalari tahririyatlari negizida yagona “Qashqadaryo” va “Kashkadarya” gazetalari tahririyati tashkil etildi.

Viloyat hokimining 2004-yil 25-oktyabrdagi qaroriga asosan “Qashqadaryo” va “Kashkadarya” gazetalari yagona tahririyati faoliyati tugatilib, alohida-alohida “Qashqadaryo” va “Novosti Kashkadari” gazetalari tahririyatlari tashkil etildi.

Viloyat hokimining 2012-yil 24-oktyabrdagi X-324/10-sonli qaroriga asosan tugatilgan “Qashqadaryo” va “Novosti Kashkadari” gazetalari tahririyatlari negizida yagona tahririyat sifatida “Qashqadaryo” va “Novosti Kashkadari” gazetalari tahririyati 2013-yil fevraldan o‘z faoliyatini boshlagan.

Bugungi kunda xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi va viloyat hokimligi muassisligidagi «Qashqadaryo» va “Novosti Kashkadari” gazetalari tahririyatida 30 ga yaqin ijodiy va texnik xodim mehnat qilmoqda. Tahririyat jurnalistlari “Oltin qalam”, “Yilning eng faol jurnalisti”, “Eng ulug‘, eng aziz”, “E’tirof”, “Jamiyat va men”, “Inson huquqlari – jurnalist nigohida”, “Ekojurnalistika”, “Atirgul” singari qator nufuzli ijodiy ko‘rik-tanlovlarning mamlakat bosqichida faol ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlar safidan o‘rin egallagan.