Sidebar

"Қашқадарё" ва "Новости Кашкадарьи" газеталарининг расмий веб-сайти
Ўқимоқчи бўлган газетангиз номи устига босинг!
(Нажмите на логотип газеты, которую планируете прочитать)

25 - aprel, chorshanba.

«QASHQADARYO» VA «НОВОСТИ КАШКАДАРЬИ​» GAZЕTALARI TAHRIRIYATINING NIZOMI

Tahririyat
Tipografiya

 1.UMUMIY QOIDALAR. SIYOSIY VA HUQUQIY MAQOMI

 1.1.Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi va Qashqadaryo viloyat hokimligi muassisligidagi «Qashqadaryo» gazetasi A-3 bichimda, 8 sahifada, haftada 3 marta, o‘zbek tilida, «Новости Кашкадарьи» gazetasi A-3 bichimda, 8 sahifada, haftada 1 marta rus tilida chiqadi. Qayta ro‘yxatga olish davridagi adadi: «Qashqadaryo» 12676 nusxa, «Новости Кашкадарьи» 3009 nusxa.(Imkoniyatga qarab bichimi, hajmi, adadi va davriyligi o‘zgarishi mumkin). Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy-siyosiy gazetalari hisoblanadi. Viloyat aholisining barcha tabaqalariga mo‘ljallangan. Qashqadaryo viloyati hududida tarqatiladi. Internetda veb-sayti ochiladi. Veb-sayt o‘zbek, rus va ingliz tillarida yangilab boriladi.

Tahririyatning pochta manzili: Indeks - 180118. Qarshi shahri, Mustaqillik shohko‘chasi, 22-uy.

1.2. “Qashqadaryo” va “Novosti Kashkadari” gazetalari tahririyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlariga amal qiladi, O‘zbekiston Respublikasining siyosiy va iqtisodiy mustaqillik to‘g‘risidagi dasturiy hujjatlariga, Prezident farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi hukumati qaror va ko‘rsatmalariga, xalq deputatlari viloyat Kengashi, viloyat hokimi qarorlariga, mazkur Nizomga rioya etadi.

1.3.Gazetalar tahririyati yuridik shaxs hisoblanib, o‘z Nizomi asosida iqtisodiy, ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati yuritish, sho‘’ba korxonalari ochish, ilovalar tashkil etish, ularning Nizomlarini tasdiqlash, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega.

Tahririyat o‘z mulkiga, mustaqil balansiga, hisob raqami va bank muassasalarida boshqa hisoblariga ega bo‘ladi.

Tahririyat o‘z nomidan shartnomalar tuzish, majburiyatlar olish, mulkiy ashyolar sotib olish, sotish, sudda da’vogar va javobgar sifatida qatnashish huquqiga ega.

1.4.Tahririyat o‘z muhriga, to‘rtburchak shaklidagi tamg‘asiga va boshqa rekvizitlarga egadir.

1.5.Tahririyatning muassislar bilan munosabatlari ular o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.

1.6. «Qashqadaryo» va «Novosti Kashkadari» gazetalari tahririyati «Qashqadaryo» gazetasi tahririyati hamda «Novosti Kashkadari» gazetasi tahririyatining huquqiy vorisi hisoblanadi.

2.TAHRIRIYAT FAOLIYATINING MAQSAD VA VAZIFALARI

 

2.1.Gazetalar tahririyati faoliyatidan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining turli tabaqalarini asosan viloyat, shuningdek, mamlakat va jahon iqtisodiy ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlardan xabardor qilish, voqea-hodisalarning mohiyatini ochib berish orqali jamiyat hayotini demokratlashtirish, fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirishdir.

2.2.Tahririyatning asosiy vazifasi gazetani yuksak siyosiy, badiiy saviyada chiqarish, gazeta sahifalarida viloyat hayotini to‘laqonli aks ettirishdan iborat. Buning uchun tahririyatda hayotning turli jabhalarini chuqur biladigan, tahlil qila oladigan ijodiy jamoa shakllantiriladi. Ularning samarali ijod qilishi uchun yetarli sharoit yaratiladi.