So'nggi yangiliklar 03.07.2019 7

18 TA OLTIN MEDALDAN BITTASI BIZNIKI

Sport

Sirdaryo viloyatida belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan 250 nafardan ziyod 2005-2006-yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar gilamga chiqishdi.

O‘g‘il bolalar erkin va klassik yo‘nalishlarda 11 vazn toifasida bellashgan bo‘lsa, qizlar erkin yo‘nalishda 7 ta vazn toifasida g‘olib uchun bahs olib bordi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, jami 18 nafar o‘g‘il-qiz shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Ular orasida viloyatimizdan ham bir nafar sportchi bor.

Qizlar o‘rtasida 52 kilogram  vazn toifasida gilamga chiqqan vakilimiz Marjona Ko‘chimova barcha raqiblarini ortda qoldirib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.

J.BOYMURODOV