So'nggi yangiliklar 09.07.2019 11

5 TADAN OLTIN, KUMUSH VA BRONZA BILAN

Sohil kurashi

Namanganda sohil kurashi bo‘yicha kattalar (erkaklar va ayollar) hamda 2002-2003-yillarda tug‘ilgan yigit va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. Unda  viloyatimiz nomidan qatnashgan sportchilar 5 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza medallari bilan qaytishdi.

- Qashqadaryoda faqatgina bir joyda, u ham bo‘lsa Qarshi shahridagi "Geolog" sport-sog‘lomlashtirish markazida sohil kurashidan mashg‘ulotlar olib borish uchun qulay bo‘lgan sport maydoni bor, - deydi O‘zbekiston kurash federatsiyasi viloyat bo‘linmasi ijrochi direktori Fahriddin Umarov. - Lekin bizning kurashchilar to‘ylarda yerda kurash tushaverib pishgan, sohil kurashida ham binoyidek kurashadi. Sharoit zo‘r bo‘lmasa-da, ikki yildan buyon ko‘rsatgan natijalarimiz bilan respublikada kuchli uchlikda turibmiz.

Oltin medallarni qo‘lga kiritgan Shoberdi Rustamov, Nurbek Murtazoyev, Flyura Ergasheva, Obida Allado‘stova va Olya Hamidova joriy yilning avgust oyida Turkmanistonda o‘tkaziladigan III Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun yo‘llanmaga ham ega bo‘lishdi.

Z.NAZIROVA