Jamiyat 23.08.2019 35

6 HOLATDA 18 TONNA

Bojxona nazorati

Kuni kecha Chiroqchi tumanida noqonuniy holat aniqlandi. Tezkor tadbir davomida ma’lum bo‘lishicha, fuqaro A.A. boshqaruvidagi "Isuzu" rusumli yuk avtotransportiga 5010 kilogramm og‘irlikdagi, qiymati 18 million 819 ming so‘mlik rangli metall ortilgan bo‘lgan.

Biroq fuqaro bunga nisbatan tegishli hujjatlarni taqdim qila olmagani bois ayni paytda tekshiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qayd etish lozim, viloyat bojxonachilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda qora va rangli metallar chiqindilarining respublikamiz hududidan noqonuniy olib o‘tilishi va aylanmasining oldini olish, qimmatli xomashyo resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida joriy yilning o‘tgan davrida 6 ta holatda 18 tonna 876 kilogramm metall noqonuniy aylanmasining oldi olingan.

N.XO‘JAYEV