So'nggi yangiliklar 12.04.2019 8

AMIR TEMUR HAQIDAGI ENG YAXSHI INSHONI BOJXONA XODIMI YOZDI

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida yosh harbiylar o‘rtasida “Amir Temur – faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Davlat rahbarining  “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar hamda buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tanlovda harbiy xizmatchilar tarixga oid bilimlarini bayon qilish mahoratiga asosan baholandi.

Shunga ko‘ra, 1-o‘rinni bojxona xodimi Eldor Xo‘janiyozov egallab, diplom va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi. Ishlari ijobiy  baholangan boshqa harbiylar ham munosib rag‘batlantirildi.

N.XO‘JAYEV