So'nggi yangiliklar 09.04.2019 27

AMIR TEMUR TAVALLUDINING 683 YILLIGI U TUG‘ILGAN XO‘JAILG‘OR QISHLOG‘IDA HAM KENG NISHONLANDI

Ehtirom

 Xo‘jailg‘or qishlog‘i viloyatning tuman va qishloqlaridan, yurtimizning barcha hududlaridan kelgan yurtdoshlarimizni o‘z bag‘riga chorladi. Eng fayzli va tarixiy go‘sha – buyuk Sohibqiron tug‘ilishi bilan bog‘liq deb hisoblanadigan qadimiy quduqqa tutash maydonda teatrlashgan-badiiy konsert dasturi namoyish etildi.

Tadbirda viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev so‘zga chiqib, Amir Temur va temuriylar dunyo sivilizatsiyasiga salmoqli hissa qo‘shgani, shu bois biz ular bilan hamisha faxrlanishimiz, buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lishimiz lozimligini ta’kidladi. O‘z navbatida xalqaro va mamlakat miqyosidagi turli tanlovlar, musobaqalarda yuqori o‘rinlarni zabt etgan mahalliy yoshlarni nomma-nom e’tirof etib, ularni tabrikladi.

 

 Milliy hunarmandlik namunalari, xalq o‘yinlari namoyishi, etnografik chiqishlar, Amir Temur davrini eslatuvchi uyg‘un kompozitsiya, o‘tovlar barchani xayolan tarix og‘ushiga yetakladi.

 

Suratlarda: tadbirdan lavhalar.

 

Sobir NARZIYEV olgan suratlar.