So'nggi yangiliklar 23.09.2019 37

ASOSIY BINO TA’MIRLANDI, YONIDAN YANGISI HAM QURILAYAPTI

Bunyodkorlik

           Ma’lumotlarga ko‘ra joriy yilda viloyatimizdagi 57 ta maktabda rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi, shuningdek, 29 ta maktab kapital, 11 tasi joriy ta’mirlandi. Natijada bir yil ichida viloyatimizdagi maktablarning umumiy quvvati yana 20 ming 655 o‘quvchi o‘rniga ko‘paydi.

 Dehqonobod tumanining Chuchuquduq qishlog‘ida joylashgan 24-sonli maktab 315 o‘ringa mo‘ljallangan binoda ayni vaqtda 523 o‘quvchi tahsil olmoqda 2004-yilda qurilgan o‘quv maskani o‘tgan 15 yil davomida ancha ta’mirtalab holatga ham kelib qolgandi. Qolaversa, o‘quvchilar sonining muttasil oshib borishi natijasida sinfxonalar yetishmasligi muammosi kuchayib bordi.

 Shu bois joriy yilda maktab binosini manzilli dasturga kiritilib, kapital ta’mirlandi. Bu yerda pudratchi tashkilot tomonidan 1 milliard 75 million so‘mlik  qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Natijada o‘quvchilar yangi o‘quv yilini shinam va yorug‘ sinfxonalarda boshlashdi.

 Ayni paytda ehtiyojdan kelib chiqib maktab hududida 80 o‘ringa mo‘ljallangan yana bir o‘quv binosi qurib bitkazilmoqda.

 J.BOYMURODOV

 Sobir NARZIYEV olgan suratlar