So'nggi yangiliklar 12.04.2019 4

AZIZBEK - O‘ZBEKISTON CHEMPIONI

Boks

Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasida 2003-2004-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 300 nafarga yaqin yosh bokschi 15 vazn toifasida ringga ko‘tarildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslardan so‘ng mamlakatimizning eng sara yosh charm qo‘lqop ustalari aniqlandi.

Biz uchun ahamiyatli tomoni, chempionatda viloyatimiz vakili Azizbek Tojiyev ham ishtirok etib, 63 kilogramm vazn toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

J.QILICHEV