So'nggi yangiliklar 09.04.2019 8

BAHROM RAHIMOV 5 MILLION SOHIBI

 

Termizda Xalqaro baxshichilik san’ati festivali doirasida o‘tkazilgan respublika baxshilarining ko‘rik-tanlovida  Qashqadaryo vakili Bahrom Rahimov ichki ovoz bilan doston kuylash yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va diplom hamda 5 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi. 

 

90 nafarga yaqin baxshi-oqinlar ishtirok etgan tanlovda uch yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar aniqlangan bo‘lsa, qatnashchilar “Eng yosh ijrochi”, “Eng yoshi ulug‘ ijrochi”, “Eng yaxshi ayol ijrochi” nominatsiyalari asosida ham rag‘batlantirildi.

                                S.ALLAYOROVA