Jamiyat 04.10.2019 3

BARORIDAN KELMAGAN "SAVDO"

Viloyat bojxona boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan hamkorlikda Qamashi tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Natijada fuqaro X.J. tomonidan 7 dona gugurt qutiga joylangan 13,8 gramm marixuana giyohvandlik vositasining har bir qutisi 500 ming so‘mdan pullanayotgan vaqtda to‘xtatib qolingan.

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, Shahrisabz tumanida istiqomat qiluvchi M.G‘.ning vaqtincha yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Oqibatda ushbu shaxs vaqtincha yashash xonadonida 2 dona gugurt qutisi hamda salqin ichimlik idishi ichiga 22,3 gramm marixuana giyohvandlik vositasini yashirib, noqonuniy ravishda saqlab kelayotgani fosh etildi.

Tekshiruv va surishtiruv ishlari ushbu holatga qanday qonuniy chora ko‘rishni aniqlashtirib beradi.

N.XO‘JAYEV