BELLASHUVLARDA KUCHLILAR ANIQLANDI

Kyokusinkay karate

BELLASHUVLARDA KUCHLILAR ANIQLANDI

Qarshi shahrida sportning kyokusinkay karate turi bo‘yicha viloyat ochiq chempionati o‘tkazildi.

Unda viloyatimiz karatechilari hamda qo‘shni viloyatlardan jami 300 ga yaqin o‘g‘il-qizlar turli vazn toifasida o‘zaro bellashishdi.

Ma’lumki, karatening bu turi bolalarni tezkor va kuchli zarbalarga chap berishga, chaqqonlikka o‘rgatadi. 2020-yilda Yaponiya mezbonlik qiladigan yozgi olimpiada o‘yinlariga kiritish rejalashtirilgani esa yoshlarning kyokusinkay karatega bo‘lgan ishtiyoqini yanada orttirayapti.

- So‘nggi yillarda bu sport turi viloyatimiz yoshlari orasida ommalashib bormoqda, - deydi  murabbiy Bahodir Ziyadullayev. - Bu kabi musobaqalarda havaskor karatechilar orasidan eng iqtidorlilari saralanadi. Kuchlilarni viloyat terma jamoasiga qabul qilish, kelgusida mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalarga tayyorlab borishda muhim o‘rin tutadi.

Murosasiz bellashuvlardan so‘ng o‘z yosh va vazn toifalarida tengdoshlaridan ustun kelgan o‘g‘il-qizlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

S.ALLAYOROVA